Sun’iy urug’lantirish to’lovlari
Sun’iy urug‘lantirish (EKU) – bu bepushtlikni davolashning samarali usuli bo‘lib, farzand ko‘rishni orzu qilayotgan juftliklar uchun umid manbai hisoblanadi. Ammo har doim ham kutilgan natijaga erishilmaydi. EKU samaradorligi bir qancha omillarga bog’liq.
EKU muvaffaqiyati nimaga bog‘liq?
Quyida EKU jarayonining muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar keltirilgan:
Bepushtlik sababi
Bepushtlik turli sabablarga ko‘ra rivojlanadi va bu omillar EKU muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi.
- Bachadon naylari bilan bog‘liq muammolar kabi holatlarda EKU muvaffaqiyat ehtimoli yuqori.
- Genetik yoki endokrin muammolar kabi murakkab sabablarda esa ehtimol nisbatan past bo‘lishi mumkin.
Yoshi
35 yoshdan so‘ng ayollarda urug‘lanishga qodir bo‘lgan tuxum hujayralar sifati va miqdori sezilarli darajada kamayadi. Shuningdek, erkaklarda ham spemogramma ko‘rsatkichlari bu yoshdan keyin pasayishi mumkin.
Tuxumdon zaxirasi
Ba’zan ayollarda tuxumdon zaxirasi 35 yoshgacha ham past bo‘ladi. Bu odatda quyidagi sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
- Kichik chanoq a’zolarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari.
- Nasliy omillar
- Yomon odatlar (masalan, chekish).
- Yallig‘lanish jarayonlari.
Endometriy holati
Embrionlarni bachadon bo‘shlig‘iga ko‘chirishdan oldin uning shilliq qavati (endometriy) holati baholanadi. Muvaffaqiyatli implantatsiya uchun endometriy ma’lum qalinlikka ega bo‘lishi kerak.
Gormonal muvozanat
Ayol organizmidagi jarayonlarning aksariyati gormonal fon bilan bog‘liq. EKU muvaffaqiyati uchun gormonlar ko‘rsatkichlari normada bo‘lishi muhimdir.
Reproduktolog va embriologning mahorati
Reproduktolog tomonidan to‘g‘ri tanlangan protokol va embriologik bosqichlarning mukammal bajarilishi EKU muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Klinik jihozlari
Zamonaviy laboratoriya uskunalari – inkubatorlar, lazer uskunalari va mikroskoplar – EKU muvaffaqiyat ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
Har bir bemor uchun EKU samaradorligi ayolning yoshiga, follikula zahirasi va boshqa bepushtlikka olib keladigan omillarga qarab, individual shans belgilanadi, ammo bu ko’rsatkich 100 foiz emas.
EKU narhi qancha turadi?
Narx har bir bemor qabul qiladigan davolanishga va ko’rsatiladigan hizmat turiga qarab belgilanadi.
EKU davolashning narxi davolashning davomiyligi, EKU dasturiga mos keladigan usullar, qo’shimcha xizmatlar va davolash uchun qo’llanadigan markaz kabi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi.
EKU davolashning narxini oshiradigan omillar:
- EKU uchun ishlatiladigan gormonal preparatlarning narxi ayolning yoshi va tuxumdonlardagi zahiraga qarab o’zgarishi mumkin.
- Qo’shimcha xizmatlar, masalan, predimplantatsion genetik tekshiruv (embrionning genetik tekshiruvi) davolash narxini oshirishi mumkin. Genetik tekshiruvi ham o’z navbatida turlicha hajmda bo’ladi va turicha baholanishi mumkin.
- Ba’zan qo’shimcha amaliyotlar, masalan urug’ chiqmagan hollarda TESE, TESA, MESA, PESA talab qilinishi mumkin. Ayollarda ham ba’zi holatlarda amaliyot talab qilinishi mumkin, bu davolovchi shifokoringiz ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi.
EKU muolajasi samarasiz bo’lgan holatda sarflangan harajatlar qaytarib berilmaydi yoki keyingi urinishda bepul EKU amalga oshirilmaydi.
Dunyoning yetakchi klinikalarida ham EKU samarasi 100% bo’lib, sarflangan harajatlar to’lab beriladi degan kafolat bo’yniga olinmagan. Biomaterial (sperma, tuxum hujayra, embrion) saqlanadigan reagentlar va yuqori narxda import qilinadigan barcha jihozlarchi chet el mamlakatlaridan maxsus buyurtma va yuqori narx asosida keltirilgan. EKU klinikasi barcha tibbiyot xodimlari, laboratoriya va tekshiruv usullari uchun harajatlar ham bepul baholanmaydi. EKU samaradorligi nafaqat tibbiyot xodimlariga, balki bemorning turmush tarzi va ko’rsatmalarga amal qilishiga bog’liq.
Spirtli ichimliklardan voz keching.
Tadqiqotlarga ko‘ra, haftasiga 4 marta spirtli ichimlik ichish EKU orqali homiladorlik ehtimolini 16% ga kamaytiradi.
Chekishni tashlang.
Chekish bepushtlik xavfini 1,6 barobarga oshiradi. Sigaret tutuni tuxum hujayralar yetilishiga zarar yetkazadi va tuxumdonlarning holatini yomonlashtiradi. Bu esa EKU natijalariga salbiy ta’sir qiladi.
Kofeinni cheklang.
Hozirgacha kofenin homiladorlikka salbiy ta’siri to‘liq isbotlanmagan. Lekin, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kofe va kofeinli mahsulotlar EKU natijalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Kofeni butunlay ichmaslik shart emas, lekin kunlik me’yorni oshirmaslik tavsiya etiladi — 2 stakandan ortiq ichmang.
Vaznni normal holatga keltiring.
Ortiqcha vaznga ega ayollarda bepushtlik uch marta ko‘proq uchraydi. Juda ozg‘in ayollarda bunday qat’iy bog‘liqlik aniqlanmagan, lekin past vazn tuxumdon va endometriy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vazningiz normal chegaradan chiqib ketsa, dietolog bilan maslahatlashing. Bu nafaqat umumiy salomatlik uchun, balki muvaffaqiyatli EKU va homiladorlik uchun ham muhimdir.
Dorilarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilishni to‘xtating.
Kelajakdagi ko‘plab onalar vitaminlar va biokuklar (masalan, xrom qo‘shimchalari) orqali o‘z organizmlarini qo‘llab-quvvatlashni xohlashadi. Biroq, shifokor tavsiyasisiz dorilar yoki qo‘shimchalarni qabul qilish qat’iyan man etiladi. Bu embrionga katta zarar yetkazishi va homiladorlikni to‘xtatishga olib kelishi mumkin.
Tibbiyot markazini ehtiyotkorlik bilan tanlang.
Klinikani tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
- Shifokorlarning tajribasi va malakasi.
- Klinikada zamonaviy EKU uskunalarining mavjudligi.
- Mijozlarning fikrlari va klinikaning obro‘si.
Klinikaga tashrif buyurib, shifokor bilan shaxsiy maslahatlashish ham foydali bo‘ladi.
Muvaffaqiyatga ishonchni yo‘qotmang!
EKU har doim birinchi urinishdayoq muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin. Bu jarayon ba’zan murakkab bo‘lib, ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Shunga qaramay, EKU orqali farzandli bo‘lgan ayollar juda ko‘p. Davolanish uzoq davom etsa ham, natija bunga arziydi.
Comments are closed