Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.
Тошкент шаҳри, Шайхонтоҳур тумани, Бешёғоч кўчаси, 42А
Axborot byulleteniga obuna bo'ling
Biz haqimizda
“ANKALIFE ” EKU va Ayollar Salomatligi Markazi (“ANKALIFE ECO CENTER” MCHJ) 2019 yil may oyida Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog, reproduktolog, tibbiyot fanlari doktori Jihangir CHAKIJI tashabbusi va muassisligida tashkil etildi. “Ankalifef” O‘zbekistonda chetellik mutaxassis tomonidan tashkil etilgan ilk EKU klinikasi bo‘ldi. Ekstrakorporal urug‘lantirish – ko‘pchilik befarzand juftliklarning ota-onabo‘lish orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi zamonaviy usuldir.
Klinika Germaniya va Turkiyadan keltirilgan zamonaviy EKU laboratoriya bilan jihozlangan. Barcha turdagi qonuniy ruxsat berilgan tibbiy reproduktiv xizmatlarni amalga oshiradi. “Galereya” va “Videolar” sahifasida EKU laboratoriyamiz haqida foto va videolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.
Klinikamizda reproduktolog va ginekolog Shahna Lola AlisherovnaTurkiyada doktor Jihangir Chakiji klinikasida faoliyat yuritish bilan birga O‘zbeksitonga safarlar uyushtiradi, bemorlarni davolaydi va klinika koordinatori sifatida ham ish olib boradi.
Klinikada Turkiyalik tajribali embriolog Bashak Karakoyun ham faoliyat yuritadi. U o‘z ish faoliyati davomida 9000 dan ziyod EKU va boshqa turdagi muoalajalarning laboratoriya qismida ishtirok etgan.
EKU muolajalari o‘tkazish uchun bemor kilinikada yotib qolmaydi. Bu muolaja qatnab turib amalga oshiriladi.
Ota-ona bo‘lish bebaho ne’mat, shubhasiz barcha insonlar bunga loyiq.
Sizning tashvishingizni umidga, umidingizni ro‘yobga
Chiqarish uchun sizni kutamiz!