Bepushtlikni davolashda, yordamchi reproduktiv texnologiya usullaridan biri – inseminatsiya hisoblanadi. Inseminatsiya tabiiy urug’lantirishga yaqin bo’lgan muolaja. Inseminatsiya-bachadon ichi inseminatsiyasi – og‘riqsiz va tez muolaja bo‘lib, uning davomida bachadon bo‘shlig‘iga oldindan tayyorlangan sperma kiritiladi.
Ushbu urug‘lantirish usuli XVIII asr oxirida amalga kirib kegan va hozirgi kunda ham, EKU singari zamonoviy texnologiyalarning rivojlanishiga qaramay, faol ishlatiladi. Bu muolaja xayzning ikkinchi yoki uchinchi kunidan boshlanadi . Inseminatsiyaning asosiy sharti – bachadon naychalarining o‘tkazuvchanligidir.
Urug‘lantirish jarayoni fallopiy naychasining ichida bo‘lib o‘tadi, keyinchalik urug‘langan tuxum hujayra u orqali bachadon bo‘shlig‘iga harakat qiladi, bu yerda bir necha kundan keyin endometriyga implantatsiya bo‘ladi.
Inseminatsiyaga ko‘rsatmalar :
- Spermogrammada kichik buzilishlar – spermatozoidlarning miqdori yoki ularning harakatchanligidagi kichik muammolar
- Bachadon bo‘yin omili – spermatozoidlar servikal shillimshig‘i tufayli bachadon bo‘yinidan o‘tolmaydi
- Kelib chiqishi noaniq bepushtlik, xomiladorlikning yo‘qligini sababi aniqlanmagan.
- Hamkorning eriktil buzilishi, urug‘ chiqarishning qiyinchiliklari
- Konservativ davo samarasiz bo’lganda yoki boshqa davo muolajalari qo’llanilganda
- Servikal bepushtlik omili
- Tibbiy tekshiruv asosida shifokor tomonidan belgilanadigan boshqa ko’rsatkichlar.
Inseminatsiyaga qarshi ko’rsatmalar;
- Psixik va somatik kasalligi bor xomilador bo’lishga absolyut ko’rsatmasi bor ayollar
- Bachadon anomaliyasi va bachadon nuqsonlari
- Tuxumdon usmalari va boshqa bir organda yomon sifatli o’smalarning bo’lishi
- O’tkir yallig’lanish kasalliklarda ( qayerda joylashishidan qa’tiy nazar).
Inseminatsiya uchun kerakli bulgan labarator – tekshiruv usullari
1.Umumiy qon va siydik taxlili.
2.Gepatit «B» va «C», sifilis va VICH infeksiyalari
3.Torch infeksiya kin surtma taxlili
4. Zarur bo’lsa ba’zi gormon tahlillari talab qilinadi.
Inseminatsiya o’tkazish jarayonidan oldin, ayrim qoidalarga rioya qilish kerak bo’ladi. Bu xomiladorlik samaradorligini oshiradi.
1.Tamaki maxulotlarini chekishni kamaytirish , spirtli ichimliklarni ichmaslik, sauna va issik xammomga bormaslik
2. Ayol va erkak kishining tana vazni norma bulishi ( indeks massa tela)
3.Stresslardan va jismoniy zo’riqishlarni kamaytirish
4.Vrach tavsiya qilgan dori vositalarini kabul kilish ( foliyevaya kislota, yod, vitamin «D» va xokazo)
Ankalayf klinikasida inseminatsiyasining jarayonlari:
-Dastlabki tekshiruv: fallop naychalarining o‘tkazuvchanligini tekshiruvi muxim axamiyatga ega. Inseminatsiya jarayonida folikulalarning o’sishi UZI (ultra tovush apparati yordamida) dinamikada ovulyatsiya va stimulyatsiya olib boriladi .
-Erkak kishi spermasini aynan inseminatsiya belgilangan kunda topshiradi. Bundan oldin erkak kishi 3 kun 5 kungacha jinsiy aloqada bo’lmasligi kerak. Embriolog uni qayta ishlaydi, tozalaydi va sifatli spermatozoidlarni ajratib oladi.
– Qayta ishlangan sperma yupqa kateter yordami bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bachadon bo‘shlig‘iga kiritiladi. Samaradorlikni oshirish uchun – inseminatsiya bir sikl ichida ikki martalik bo‘lishi mumkin.
Inseminatsiyaning «plyus» tomonlari
1.Narxi jixatidan EKO dan bir necha marta arzon.
2.Bu jarayonni 3 marta takroran o’tkazish mumkin.
3.Spermani sifati past bulgan payitida uni qo’llash.
4.Ayolni sog’ligiga minimal zarar ko’rsatilishi.
Inseminatsiyaning «minus» tomonlari
1.Samaradorligi 15-20%
2.Vrach ko’rigiga follikulani tekshirish uchun bir necha marotaba kelish.
3.Spermani sifati va soniga aloxida e’tibor berish.
4.Ayolning yoshini inobatga olish.
-Xomiladorlikga tahlil inseminatsiyadan 14 kun o‘tkandan keyin siydik orqali xomiladorlik testi o’tkaziladi.
Agar inseminatsiya bir necha marta omadsiz yakunlangan bo‘lsa, shifokor muammolarni hal qiladigan boshqa usullarni taklif qiladi.
Har bir ayol farzand ko‘rish umidida bo‘ladi, agar ayol kishi homilador bo‘la olmayotgan bo‘lsa, tushkunlikka tushmaslik va yaxshi niyat bilan davolanishi va ishonishi kerak
Agar shunday usullar bilan xomiladorlikka erisha olmasalar, erkak kishi va ayol kishi maxsus davo choralari olishlari kerak. Shunda ham xomiladorlik kuzatilmasa, EKO (bachadondan tashqari urug‘lanish) o‘tkazish mumkin.
Comments are closed