Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

EKU QILADIGAN KLINIKALAR HAQIDA

EKU QILADIGAN KLINIKALAR HAQIDA

O’zbekistonda birinchi  ochilgan va  lisenziyaga  ega  bo’lgan    EKU klinikalaridan  biri Ankalife ayollar  salomatligi markazi hisoblanadi. Bizning  EKU  markazimiz  bu Turkiyaning eng  zamonaviy tibbiyotiga ixtisoslashtirilgan repraduktiv klinikalar tarmog’i  bolib  hisoblanadi .

  2000 yil Turkiyaning Ankara shaxrida oz faoliyatini  boshlagan  Undan  tashqari  Ankalife  ayollar   salomatligi  EKU markazining Qirg’iziston Respublikasi  Bishkek  shaxrida va Osh shaxrida 2015  yildan beri  bepushtlik  bilan aziyat chekayotkan  oilalarga yordam  berib  kelmoqda. O‘zbekistonda oz  faoliyatini 2019 -yilda boshlagan. Ankalife ayollar  salomatligi EKU  markazi  xozirda Ozbekiston  xududlari  boyicha  Toshkent shaxrida va  Andican shaxrida oz  faoliyatini olib  bormoqda.

 EKU markazi asoscisi Professor CIHANGIR  ÇAKICI   40 yillik  tajribaga ega akusher- ginekolog va  repraduktolog  bolib  hisoblanadi.   CIHANGIR  ÇAKICI   Yevropa va Amerika inson reproduktsiyasi assotsiatsiyalarining a’zosi bo’lib, butun dunyodagi yetakchi mutaxassislar tomonidan bepushtlik davolash bo’yicha o’z  ishining  yetuk  mutaxasisi  sifatida  tan  olingan,  shuningdek, xalqaro miqyosidagi konferentsiyalar va forumlarda ishtirok etadilar. Klinikalarda  xorijiy yetakchi ta’lim muassasalarida tahsil olgan yuqori malakali shifokorlar faoliyat  yuritmoqda.

 Ankalife  ayollar   salomatligi  EKU markazi  reproduktiv kasalliklarini tashxislash va davolash bilan  bir  qatorda  yordamchi  reproduktiv texnologiyalarning eng zamonaviy turlaridan  foydalangan xolda ish  olib  boradi.  Klinikaning ko’pchilikka ota-ona bo’lish orzusiga erishishda yordam bera olganligi ularning samaradorligidan dalolat beradi.

 Klinika shifokorlari reproduktologiya, embriologiya, akusher-ginekologiya, andrologiya yo’nalishlari mutahassislaridir. Ular reproduktiv muammoning sababini aniqlashga, aniq tashxis qo’yishga va davolash rejasini tuzishga yordam beradi. Ankalife  ayollar   salomatligi  EKU markazining  davolash va    diagnostika qilish xizmatlarini taqdim etadi. EKU  dan oldin shifokor konsultatsiya o’tkaziladi  undan  keyin  esa  tekshiruv va birlamchi tahlillardan o’tiladi  Keyinchalik, bepushtlikning sabablari aniqlanadi, reja tuziladi va uni hisobga olgan holda EKU muolajasi  boshlanadi. Barcha tayinlanishlar va qarorlar professor  CIHANGIR  ÇAKICI va  shifokor  mutaxassislarimiz konsiliumi tomonidan qabul qilinadi.

 Buning uchun klinikada barcha   shart-sharoitlar yaratilgan. Bizning  Ankalife  klinikamiz  haqli ravishda o’rta Osiyoda  EKU ni amalga oshiruvchi klinikalar orasida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi va  ba’zi  amaliyotlarni  o’tkazish  bo’yicha O’zbekistondagi yagona klinikadir.

Biz doimiy ravishda innovatsion texnologiyalarni joriy etmoqdamiz, bu esa bemorlarga sifatli va samarali davolanish imkonini beradi.

Klinikaning asosiy vazifasi erkaklar va ayollarda bepushtlikni davolashdir. Markazimiz mutaxassislari oilalarda ota-ona baxtiga erishish, bepushtlikni davolash va homilador bo’lishga yordam beradi. 

Markazimizning vazifasi  yordamchi  reproduktiv  texnologiyalar,  jumladan  ovulyatsiya  induksiyasi  (IO),  bachadon  ichi  inseminatsiyasi (IUI),  shuningdek  innovatsion  usullardan  ekstrakorporal  urug’lantirish (IVF)  dan  foydalangan  holda, eng yuqori natijalarni ko’rsatishdir.  Boshqa klinikalardan  farqli  ravishda  EKU  jarayonida  ICSI  va  zaruriyat  bo’lganda  PIEZO  usullaridan  foydalangan  holda  amalga  oshiriladi.         

    BIZNING XIZMATLAR

 Genetik
 Reproduktologıya
 Homiladorlikni12-haftagacha nazorat qilish
 UZI
 Ginekologiya
 Andrologiya         

Ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) boshqa reproduktiv texnologiyalardan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

  • Urug’lantirish jarayonini to’g’ridan-to’g’ri nazorat qilish. An’anaviy usullarda urug’lantirish ayol organizmida sodir bo’ladi, EKUda esa urug’lantirish laboratoriya sharoitida nazorat qilinadi. Bu tuxumdon va spermatazoidning optimal sharoitlarda uchrashishini ta’minlab, muvaffaqiyatli urug’lantirish imkoniyatini oshiradi.
  • Tuxumdonlarni stimullash. EKU jarayoni odatda tuxumdonlarni ko’proq yetilgan tuxumdon olish uchun gormonal stimullashni o’z ichiga oladi. Bu protsedura muvaffaqiyat ehtimolini oshiradi va ko’chirib o’tkazish uchun eng sifatli embrionlarni tanlash imkonini beradi.
  • Embrionlarni tanlash. EKUda shifokorlar ko’chirib o’tkazish uchun eng hayotiy embrionlarni tanlashlari mumkin. Bu muvaffaqiyatli implantatsiya va homiladorlik rivojlanishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
  • Genetik diagnostika. Texnologiya embrionlarning genetik tekshiruvini o’tkazish imkonini beradi, bu esa genetik anomaliyalarning aniqlanishi va nasliy kasalliklarning oldini olish imkonini beradi.
  • Qo’shimcha metodikalar. EKU intrasitoplazmatik spermatosit in’ektsiyasi (ICSI), donor tuxumdonlari yoki spermatositlar, shuningdek, surrogat onalik kabi qo’shimcha reproduktiv texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.
  • Turli bepushtlik sabablarida yordam. EKU bachadon naychalarining o’tkazuvchanligi, endometrioz, past sifatli sperma va idiopatik bepushtlik kabi turli bepushtlik holatlarida samarali yechim taqdim etadi 

Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish

Biz barcha maxfiylik qoidalariga rioya qilamiz va siz haqingizda barcha ma’lumotlar (kasallik tarixi, diagnostika va davolash natijalari, davolash usullari va boshqalar) qat’iy maxfiydir.

Comments are closed