Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Doç. Dr. Cihangir ÇAKICI

Doç. Dr. Cihangir ÇAKICI

Professor Jihangir Chakiji–  Turkiyalik akusher ginekolog, reproduktolog, tibbiyot fanlari doktori va halqaro darajada tan olingan mutaxassisdir. U 30 yildan ziyod tibbiy amaliyotga ega bolib, ayniqsa,ayollar salomatligi va reproduktiv muammolarni hal etish sohasida katta tajriba to’plagan.

U  o’z tibbiy faoliyatini Turkiyadagi nufuzli oliygoh – Hajettepe universitetining tibbiyot fakultetini 1983 yilda tugatib boshlagan. Keyinchalik , Gazi universitetida akusherlik va ginekologiya yonalishida mutaxassislik olib , 1990 yilda magistrlik darajasini, 1995 yilda esa dotsentlik unvonini olgan. Uninig ilmiy va amaliy ishlari Turkiya va halqaro tibbiyot jamiyatida yuqori baholangan.

Kasbiy faoliyati

Professor Chakiji Turkiyadagi bir qator yirik shifohonalarda faoliyat yuritdi, minglab ayollarga farzandli bo’lish imkonini berdi.

1991-2008 yillarda Turkiyaning turli nufuzli davlat va xususiy klinikalarida akusher ginekolog, reproduktolog vazifasida

1991-1996 yillarda “Ankalayf klinikasi”

1992-1994  yillar da  Anqara Ginekologiya assotsiatsiyasi

1994-1995 yillarda esa Turkiya Ginekologiya assotsiatsiyasida bosh kotib lavozimlarida ishlagan

1996–1999-yillarda Bayındır kasalxonasining ginekologiya va EKU bo‘limida direktor bo‘lib ishlagan.

2000 yilda Anqarada ayolloar salomatlik markazini ochgan

2007 -yilda Anqarada “Ankalife” EKU markazini tashkil etgan va reproduktolog vazifasida faoliyat yuritgan

 2013 yilda shifokorlar huquqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini ko’zlab “Muayenehaneler Dernegi” ni tashkil etgan va hozirgacha uning prezidenti hisoblanadi

2015-yilda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Ankalife’ EKU va ayollar salomatligi markazini

2019-yilda esa O‘zbekistonning Toshkent shahrida Ankalife EKU va ayollar salomatligi markazini 

2022-yilda Andijon shahrida, 2023-yilda esa Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Ankalife EKU va ayollar salomatligi markazlarini  tashkil etgan. 

Bu markazlar orqali professor Chakiji va uning jamoasi minglab  oilalarning farzandli bolish orzusini ro’yobga chiqardi.

U EKU (ekstrakorporal uruglantirish) va yordamchi reproduktiv texnologiyalar sohasida  etakchi mutaxassis bolib  , bugungi  kunga qadar 5000 dan ortiq muvaffiqiyatli  EKU amaliyotini amalga oshirdi.  Turkiyada EKU bo‘yicha sertifikat olgan birinchi shifokorlardan biridir.  

 Professorning tibbiyotga bolgan yondashuvi bemorga individual yondashish va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan. U har bir ayol organizmini oziga hosligini inobatga olgan holda, samarali va minimal invaziv usullarni qo’llashga harakat qiladi. Agar tibbiy ko’rsatma bo’lmasa, u tabiiy tug’ruqni qo’llab  quvvatlaydi.

Ilmiy va ijtimoiy faoliyati

Professor Chakiji  nafaqat amaliy tibbiyotda, balkiy ilmiy tadqiqotlarda ham faol .U 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi bolib, reproduktiv salomatlaik mavzularida ko’plab milliy va halqaro anjuman va seminarlarda muntazam ishtirok etadi. Shuningdek, u Turkiya va O’zbekistonnig ommaviy axborot vositalari orqali ham, EKU va reproduktiv salomatlik haqida aholi o’rtasida ma’rifiy ishlarni olib boradi. U  ingliz tilini yuqori darajada, rus tilini esa o’rta darajada biladi.

Hulosa qilib aytganda, professor Jihangir Chakiji nafaqat malakali shifokor, balki o’z hayotini ayollar salomatligi va ona bo’lish baxti uchun bag’ishlagan insonparvar mutaxassisdir. Uning hizmatlari orqali yuzlab oilalar baxtli  hayotga qadam qo’ydi va bugungi kunda u O’zbekistonda reproduktiv tibbiyotning rivojiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Comments are closed