Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Bepushtlikni Davolash

Bepushtlikni Davolash

Bepushtlik muammosi hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki jinsiy aʼzolar kasalliklari kundan-kunga koʼpaymoqda. Bepusht oilalarni 100 % deb olsak, ularning 33,3 % iga erkaklar sababchi, 33,3 % iga esa ayollar, qolgan hollarda ikkala jins aʼzosi ham sababchi boʼladi.

Bepushtlikka jisniy aʼzolar yetilmaganligi, ularning funktsiyasi buzilishi, kuchli intoksikatsiya, umumiy organizmdagi surunkali kasalliklar hamda psixo-nevrologik kamchiliklar sabab boʼla oladi. Bepushtlik mustaqil kasallik emas, u har doim boshqa biror bir kasallik natijasida kelib chiqadi, ayollarda koʼpincha yalligʼlanish kasalliklari sababli bepushtlik kelib chiqadi.Sktь

Аyollar bepushtligi – bu sogʼlom, harakatchan, yetarli miqdorda boʼlgan spermatozoidlarning tuxum hujayrani urugʼlantira olmasligi boʼlib, bunda ayol bir yil davomida jinsiy aloqada boʼlgan va voyaga yetgan boʼlsa ham homilador boʼla olmasligidir. Bundan tashqari bepushtlik deb homiladorlikining homila tashlash bilan tugashiga ham aytiladi. Bepushtlikka duchor boʼlgan nikoh , oxirgi yillarda kupayib bormokda. Аyollar bepushtligini homiladorlikni toʼxtashi bilan farqlash kerak, bunda spermatozoidlar tuxum hujayrani urugʼlantira oladi lekin ayol organizmi homilani ushlab qololmaydi va u embriogenez davrida nobud boʼladi.

Bepushtlikka sabablar juda ko‘p, ular gohida belgilarsiz kelib diagnoz qo‘yishda va davolashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Ular quyidagi katta guruhlarga bo‘linadi:

•             Jinsiy a’zolar tug‘ma anomaliyalari, orttirilgan jinsiy a’zolar kasalliklari;

•             Anatomik-morfologik  va fuksional o‘zgarishlar;

•             Moddalar almashinuvida disbalans, ginekologik kasalliklarga bog‘liq bo‘lmagan sabablar:

Kontraseptiv preparatlardan uzoq muddat foydalanganda esterogen gormonining ishlab chiqarilishi kamayganligi sababli, bu muolajalardan so‘ng homilador bo‘lish qobilyati pasayib ketadi.

Bepushtlikka olib keluvchi faktorlar

•             Bepushtlikni chaqiruvchi kasallikning anatomik joylashuvi;

•             Patofiziologik xarakteriga ko‘ra (endokrin buzilishlari, jinsiy hujayralarga qarshi autoimmun reaksiyalar);

•             Genetik anomaliyalar;

Salbiy turmush tarzi natijasida kelib chiqqan psixo-nevrologik holatlar

Birlamchi – homiladorlik umuman kuzatilmagan. Tug‘ma ginekologik anomaliyalar, ayollar jinsiy a’zolari kasalliklarida hayz ko‘rgandan keyin homilador bo‘lish qobiliyati yo‘q.

Ikkilamchi – avval homilador bo‘lib, farzand ko‘rgan ayollar ham, homiladorlikni rejalashtirib farzandli bo‘la olishmaydi. Bunga asosiy sabab, jinsiy a’zolar infeksion va noinfeksion kasalliklaridir.

Bepushtlik asosiy belgisi normal jinsiy hayotga rioya etgan holda, bir yil davomida homilador bo‘la olmasligidir. Bunda erkak spermogrammasi normada, muntazam jinsiy aloqa, kontraseptiv vositalardan foydalanmagan holda, ayol yoshi 20 dan 45 yoshgacha bo‘lsayu ayol homilador bo‘la olmaydi.

Bepushtlikda patologik belgilar kuzatilmaydi, ya’ni uning yaqqol simptomlari yo‘q, bu kasallik anamnez, umumiy ko‘rik, laborator va instrumental tekshiruvlar orqali aniqlab olinadi.

Anamnez. Hayz sikli bilan bog‘liq kamchiliklar so‘raladi: muddati, davomiyligi, og‘riqliligi, hajmi, qo‘shimcha ajralmalar borligi, infeksion, noinfeksion kasalliklar, jarrohlik amaliyotlari haqida ma’lumot yig‘iladi.

Fizikal ko‘ruvda quyidagilar aniqlanadi:

•             Gipofiz bezida o‘smalarni istisno qilish uchun MTana vazni indeksi 20-26 dan yuqori yoki kam bo‘lmasligi;

•             Teri qoplamasi va endokrin bezlari kamchiliklari;

•             Sut bezlari rivojlanganligi;

•             Kichik chanoq sohasidagi og‘riqli holatlar, bimanual palpatsiya usulida tekshiriladi;

•             Kolposkop, qin oynasi yordamida tekshiruvda ginekologik kasalliklar aniqlanadi;

•             Laborator va instrumental tekshiruvga quyidagilar kiradi:

•             Gormonal tekshiruv;

•             Kichik chanoq a’zolari, qalqonsimon bez UTT (UZI) tekshiruvi;

•             Gisterosalpingografiya – bachadon nayining berkilib qolganligini istisno qilish uchun rentgenologik tekshiruv o‘tkazish;

•             JYBYK ni infeksion tekshirish;RT tekshiruvi;

•             Laproskopiya qorin bo‘shlig‘i vizual tekshiruvi;

•             Giteroskopiya – bachadon ichi devorlarini rentgenologik tekshiruvi.

Erkaklar sabab bo‘ladigan bepushtlik

Normada tuxum hujayra urug‘lanishi uchun eyakulat tarkibida kamida 10 mln spermatozoidlar bo‘lishi kerak. Ayol qinining muhiti fiziologik barer bo‘lib, har qanday yot moddalardan himoya qilib turadi. Qindagi yallig‘lanishli kasalliklar natijasida shu yerga tushgan spermatozoidlar o‘lib ketadi. Normal holatda esa tushgan spermatozoidlar, bachadon shilliq qavatlaridan ishlab chiqariladigan maxsus suyuqlik bilan o‘ralgan holda bachadon bo‘yinchasidan o‘tadi.

Spermatozoidlarning bachadondan o‘tishida quyidagilar muhim rol o‘ynaydi:

•             Spermatozoidlar aktivligi va harakatchanligi;

•             Ishlab chiqarilgan shilliqning kimyoviy-fizik xususiyatlari.

Shilliq tarkibi va xususiyati buzilganda aktiv va harakatchan spermatozoidlar ham bachadon orqali o‘ta olmaydi. Bunday omil bachadon bo‘yni shilliq qavati bilan bog‘liq faktor deyiladi.

Shilliq tarkibi va xususiyati o‘zgarishi sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

•             Jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishidagi kamchiliklar;

•             Bachadon bo‘yinchasidagi yallig‘lanishli kasalliklar;

•             Bachadon bo‘yinchasi mikroflorasi buzilishi.

Bachadon nayi omillari

Bachadon nayi orqali yetilgan tuxum hujayra bachadon bo‘shlig‘iga o‘tadi, bachadon nayi kiprikchali hujayralardan tuzilgan. Tuxum hujayra harakatlanishida quyidagilar muhim rol o‘ynaydi:

•             Bachadon nayining peristaltikasi hisobiga;

•             Kiprikchali epiteliylarning bir tomonlama harakati hisobiga.

Ushbu kiprikchalarning harakatlanishi buzilishi hisobiga tuxum hujayra bachadon nayida turib qolishi va bachadondan tashqari homiladorlikka olib kelishi mumkin. Bundan tashqari bachadon nayining berkilib qolishi hisobiga tuxum hujayraning bachadon bo‘shlig‘iga o‘ta olmasligi ham kuzatiladi – bu esa bachadon nayi omili deyiladi.

Bachadon nayining berkilib qolishi (obturatsiyasi) quyidagicha bo‘lishi mumkin

•             Voronkasimon qismida – bachadon nayining distal qismidagi berkilishlar;

•             Bachadon nayining proksimal qismidagi berkilishlar;

•             Nayning umumiy berkilishi.

Bachadon nayining berkilib qolishi spazm yoki nay bo‘shlig‘ining berkilib qolishi (yallig‘lanishdan keyin spaykalar hosil bo‘lishi, o‘sma, kista) hisobiga kelib chiqadi. Bachadon nayining ba’zi kasalliklarida, u yerda transsudat (suyuqlik) yig‘ilib qolishi ham kuzatiladi va u gidrosalpinks deb ataladi.

Gidrosalpinks sabablari

•             Salpingit – nayning yallig‘lanishi;

•             Salpingooforit – nay va tuxumdonning yallig‘lanishi;

•             Adneksit – bachadon nayi, tuxumdon va uning bog‘lamlari yallig‘lanishi.

Tuxum hujayraning yo‘li berkilib qolishi, qorin bo‘shlig‘ida og‘riq chaqiradi. Gidrosalpinksni diagnostikasida rentgenologik tekshiruv (gisterosalpingografiya) va laproskopiya o‘tkaziladi.

Bepushtlikning bachadon bo‘yni omili

Bachadon bo‘yni – qin va bachadonni bog‘lab turuvchi «kanal» bo‘lib, uning funksiyasi quyidagilardan iborat: Bachadonni yot moddalardan himoya qilish;

•             Bachadonga spermatozoidlarni o‘tkazish;

•             U ishlab chiqaradigan shilliq funksiyasi esa:

•             Spermatozoidlarni shu joyda ma’lum muddat saqlash;

•             Kuchsiz spermatozoidlarni o‘tkazmaslik;

•             Spermatozoidlar harakatini kuchaytirish.

Bachadon shilliq qavati funksiyasi u ishlab chiqaradigan suyuq shilliq hisobiga amalga oshadi, ushbu shilliq hayz siklining turli davrlarida fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirib turadi. Tuxum hujayra urug‘lanishi uchun ovulyatsiya vaqtida, bu joydagi muhit pH kislotalidan neytral va kuchsiz ishqoriy muhitga o‘tadi, shu yo‘l bilan spermatozoidlar o‘lib ketmaydi. Agar bachadon bo‘yni ishlab chiqaradigan shilliq patologiya sabab o‘zgarsa spermatozidlar bachadonga kira olishmaydi va bu bo‘yin omili deb ataladi.

Bachadon bo‘yni tashqi qismi – qin oynasi yordami vizual ko‘ruv bilan tekshiriladi, ichki qismi esa oddiy tekshirish usullari yordamida ko‘rinmaydi.                                                                                                              Bepushtlikka olib keluvchi bachadon bo‘yni omilida kolposkopiya tekshiruvi natijasida «qorachiq simptomi» aniqlanadi. Bunda bachadon bo‘yinchasiga kirish joyida shaffof hayz oldi shilliq suyuqligi aniqlanadi.

Laborator tekshiruvda

•             Shilliq tarkibining biokimyoviy va reologik tekshiruvi;

•             Jinsiy aloqadan so‘ng spermatozoidlar va shilliqning bir-biriga ta’sirini tekshirish, odatda ularning ta’sirlashishi 9-24 soat ichida amalga oshadi;

•             Kurtsrok-Miller sinamasi.

Bepushtlikning peritoneal omili

Qorin bo‘shlig‘ida joylashgan a’zolar peritoneum (qorin parda) bilan o‘ralgan bo‘lib, a’zolar bir-birdan ajralib turadi. Qorin parda ikki qavatdan iborat:

1.            Pariyetal qavat – tashqi tomondan qoplagan parda;

2.            Visseral qavat – organlarga yopishgan ichki parda.

Bachadon va bachadon nayi qorin parda bilan osilib turadi. Qandaydir patogen faktor ta’sirida qorin parda va bachadon nayi o‘rtasida spayka hosil bo‘ladi (chandiq). Buning natijasida bachadon nayi: harakatchanligi, qon bilan yetarlicha ta’minlanishi, uning to‘liq innervatsiyasi buziladi. Bachadon nayi funksiyasi buziladi va bu bepushtlikning peritoneal omili deb ataladi.

Bunday holatga olib keluvchi sabablar quyidagilar:

•             Kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarining surunkaliga o‘tishi, ko‘pincha JYBYKda;

•             Kichik chanoq a’zolaridagi jarrohlik amaliyotlari va abortlardan so‘ng;

Diagnoz qo‘yish uchun UTT (UZI), laproskopiya, exografiya tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Bepushtlikning psixologik omili

Stress – tashqi muhit omiliga bo‘lgan organizmning umumiy ta’sirlanishidir. Stressga olib keluvchi sabablar individual bo‘lib, ular quyidagilar kirishi mumkin:

•             Salbiy axborotning ko‘pligi;

•             Muntazam emotsional zo‘riqishlar;

•             Organizmning fiziologik yoki patofiziologik reaksiyalari.

Surunkali stress olish natijasida organizmning himoya moslashuvchanligi pasayib ketadi. Bioregulyativ funksiya (vegetativ nerv tizimi, buyrak usti bezlari, gipofiz gormonlari) buzilib, organizm adaptatsion mexanizmi ishdan chiqadi. Buning natijasida gormonal almashinuv buzilib, ayollar bepushtlik dardiga duchor bo‘lishadi.

Psixologik omildan qutulish uchun

Stress faktorlarga boshqa taraflama yondashish. Jismoniy tarbiya, hobbilar, dam olish, ijobiy emotsiyalar va ruhiy tarbiyalar yordamida gormonal disbalanslarni to‘g‘rilash;

Malakali psixolog tavsiyalarini olish ham stressdan qutulishga yordam beradi.

Bepushtlikning genetik omili

•             Ayollarda bepushtlikka olib keluvchi omillar kam o‘rganilgan, ularga quyidagilar kiradi:

•             Giperandrogen sindromi (ayollarda erkaklik gormoni ko‘pligi);

•             Endometrioz (bachadon shilliq qavati qalinlashishi);

•             Erta keladigan klimaks yoshi;

•             Birlamchi amenoreya sindromi (Shershevskiy-Terner sindromi).

Bunday omillarni bartaraf etish ancha mushkul.

Bepushtlikni davolash  usullaridan  biri induksiya ovulyatsiya

Ovulyatsiyani stimulyatsiya qilish (shuningdek, ovulyatsiya induksiyasi deb ataladi) аёлни imkon qadar tezroq homilador qilish uchun ajoyib imkoniyatdir

Ovulyatsiyani stimulyatsiya qilish yordamchi reproduktiv  tibbiyotning  mashhur  usuli  hisoblanadi , tabiiy ovulyatsiya (anovulatsiya) bo’lmaganda qo’llaniladi.  Ovulyatsiya induktsiyasi tuxumdonlar etuk tuxum hosil qila olmaydigan hollarda buyuriladi.

Ovulyatsiyani stimulyatsiya qilish bosqichlarda sodir bo’ladi

1. Shifokor dori-darmonlarni (individual) belgilaydi.

2. Ultratovush tekshiruvi tufayli tuxumdonlar funktsiyasi va ularning holatini tsiklik monitoring qilish amalga oshiriladi. ⠀

3. Preparatni  кабул килингандан  so’ng, hCG  tuxumni  follikuladan  етилиб  ёрилиш  jarayoni  boлиб  утади.

4. Ovulyatsiyadan keyin jinsiy aloqa yoki sun’iy  urug’lantirish  amalga  oshiriladi. ⠀

 Usulning  muvaffaqiyati follikullarning  pishib etishining  buzilishi, bemorning yoshi va umumiy sog’lig’iga bog’liq.

Inseminatsiya-bachadon ichi inseminatsiyasi – og‘riqsiz va tez muolaja bo‘lib, uning davomida bachodon bo‘shlig‘iga oldindan tayyorlangan hamkorning spermasi kiritiladi. Ushbu urug‘lantirish usuli XVIII asr oxirida amalga kirib kegan va hozirgi kunda ham, EKU singari zamonoviy texnologiyalarning rivojlanishiga qaramay, faol ishlatiladi.

inseminatsiyaning asosiy sharti – bachadon naychalarining o‘tkazuvchanligidir. Urug‘lantirish  jarayoni fallop naychasining ichida bo‘lib o‘tadi, keyinchali urug‘langan tuxumhujayra u orqali bachadan bo‘shlig‘iga harakat qiladi, bu yerda bir necha kundan keyin endometriyga implantatsiya bo‘ladi.

 inseminatsiyaga ko‘rsatmalar

•             Spermogrammada kichik buzilishlar – spermatozoidlarning miqdori yoki ularning harakatchanligini pasayishi

•             Bachadon bo‘yin omili – spermatozoidlar servikal shillimshig‘i tufayli bachadon bo‘yinidan o‘tolmaydi

•             Kelib chiqishi noaniq bepushtlik, xomiladorlikning yo‘qligini sababi aniqlanmagan.

•             Hamkorning eriktil buzilishi, urug‘ chiqarishning qiyinchiliklari

 Ankalayf klinikasida inseminatsiyasining jarayonlari

-Dastlabki tekshiruv: fallop naychalarining o‘tkazuvchanligini tekshiruvi, kichik tos a’zolarini ultratovush bilan tekshirish, gormonlar va infeksiyalarga tahlillar, spermogramma.

-Ovulyatsiyani kuzatish va uning stimulyatitsiyasi

-Erkak kishi spermasini aynan inseminatsiya belgilangan kunda topshiradi. Embriolog uni qayta ishlaydi, tozalaydi va sifatli spermatozoidlarni ajratib oladi.

– Kayta ishlangan sperma yupqa kateter yordami bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bachadon bo‘shlig‘iga kiritiladi. Samaradorlikni oshirish uchun – inseminatsiya bir sikl ichida ikki martalik bo‘lishi mumkun.

-Homiladorlikga tahlil inseminatsiyadan 14 kun o‘tkandan keyin siydik  orkali xomilvdorlik testi utkaziladi.

 Agar inseminatsiya uch marta omadsiz yakunlangan bo‘sa, shifokor muammolarni hal qiladigan boshqa usullarni taklif qiladi.

                                                                                                                                                                               Har bir ayol farzand ko‘rish umidida bo‘ladi, agar ayol kishi homilador bo‘la olmayotgan bo‘lsa, tushkunlikka tushmaslik va yaxshi niyat bilan davolanishi va ishonishi kerak

Agar shunday usullar bilan homiladorlikka erisha olmasalar, erkak kishi va ayol kishi maxsus davo choralari olishlari kerak. Shunda ham homiladorlik kuzatilmasa, EKO (bachadondan tashqari urug‘lanish) o‘tkazish mumkin.

Comments are closed