Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Assoc.Prof. Dr. Cihangir Çakıcı

  • Home
  • Assoc.Prof. Dr. Cihangir Çakıcı

Assoc.Prof.Dr. Cihangir Çakıcı

Dotsent Doktor Jihangir Chakiji 1983 yilda Hajettepe universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. 1983-1985 yillarda Gazi universitetining tibbiy-ijtimoiy bo‘limida umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. 1985-1990 yillarda  Gazi universitetning Akusherlik va Ginekologiya bo‘yicha ixtisos sohibi bo‘ldi.

1990-1991 yillarda GATAda shifokor boʻlib harbiy xizmatni oʻtagan. 1991-1996 yillarda. Anqara Sog’liqni saqlash vazirligi kasalxonasida akusher-ginekolog bo’lib ishlagan. 1995 yilda dotsent lavozimiga tayinlangan.

1996-1999 yillarda Bayindir kasalxonasining ginekologiya va EKU bo’limida birinchi EKU markazini ochdi va direktor bo’lib ishladi. 1997 yilda  Belgiya va Isroilda EKU bo’yicha treningni tugatdi.

1990 yilda Anqaradagi EKU kasalxonasi va Millenium kasalxonasi direktori bo’lib ishladi. 2008 yilda Anqarada Ankalife EKU klinikasini tashkil qilgan va reproduktolog sifatida faoliyat yuritgan

2015-yilda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida EKU Ankalife Bishkek markazi ochildi.

2019-yilda  O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida  Ankalife ayollar salomatligi va EKU markazi ochildi.

2022-yilda O‘zbekistonning Andijon shahrida, 2023-yilda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Ankalife’ning yangi filiallarini ochdi.

Jihangir Chakiji yordamchi reproduktiv terapiya bo’yicha malaka oshirganlik sertifikati, akusherlik va ginekologik ultratovush tekshiruvi bo’yicha sertifikat va xorijdagi universitetlarda kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan ko’plab sertifikatlarga ega.

Turkiyada EKU bo’yicha sertifikat olgan birinchi shifokorlardan biridir. EKU sohasida ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

Tibbiy zarurat bo’lmasa, normal tug’ilish tarafdori bo’lgan shifokor. EKU masalalari bo’yicha Turkiyada va xorijda o’tkazilgan ko’plab uchrashuv va treninglarga ma’ruzachi sifatida taklif qilinadi. O’z kasbiy faoliyati masalalari bo’yicha chiqish qilish uchun milliy telekanallarga taklif qilinadi.

Dotsent Doktor Cihangir Chakiji 1992-1994 yillarda Anqara Ginekologiya Assotsiatsiyasi Bosh kotibi, 1994-1995 yillarda Turkiya Ginekologiya Assotsiatsiyasi Bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.

Tibbiy zarurat bo’lmasa, normal tug’ilish tarafdori bo’lgan shifokor. EKU masalalari bo’yicha Turkiyada va xorijda o’tkazilgan ko’plab uchrashuv va treninglarga ma’ruzachi sifatida taklif qilinadi. O’z kasbiy faoliyati masalalari bo’yicha chiqish qilish uchun milliy telekanallarga taklif qilinadi.

Dotsent Doktor Cihangir Chakiji 1992-1994 yillarda Anqara Ginekologiya Assotsiatsiyasi Bosh kotibi, 1994-1995 yillarda Turkiya Ginekologiya Assotsiatsiyasi Bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.

2013-yilda shifokorlar huquqlarini himoya qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qilish, shifokorlar manfaatlarini himoya qilish va ularning umumiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish maqsadida “Vrachlar uyushmasi”ni tashkil etdi, hali ham shifokorlar uyushmasi prezidenti.

2023 yilda Turkiya bepushtlik fondi prezidenti etib saylandi.

Turkiyada va xorijda ko‘plab nashrlari bor

 Ingliz tilini yuqori darajada biladi.

Ko’proq odamlarga o’z orzulariga erishishda yordam berishga sodiq bo’lgan  dotsent doktor Jihangir Chakiji o’zining sifatli va muvaffaqiyatli xizmatlarini butun dunyo bo’ylab xalqaro miqyosda yoyishni xohlaydi.

Contact Form