Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Ayollar uchun fertilitetni saqlab qolish uchun 25 yillik taraqqiyot

Ayollar uchun fertilitetni saqlab qolish uchun 25 yillik taraqqiyot

Ayollar uchun fertilitetni saqlab qolish uchun 25 yillik taraqqiyot va kelajak istiqbollari

1. Umumiy ma’lumot 1990-yillarning oxiridan boshlab ayollar organizmidagi tug‘ish funksiyasini saqlab qolish (fertility preservation – FP) sohasida juda muhim mislsiz yutuqlar kuzatildi. Embriyo, tuxum hujayrasi (oosit) va tuxumdon to‘qimasini muzlatish va turli xil texnologiyalarining takomillashuvi, tuxumdon fiziologiyasining chuqur o‘rganilishi hamda jarrohlik va farmakologik yondashuvlardagi yangiliklar natijasida tug‘ish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Bu imkoniyatlar saraton kasalligi bilan chalingan ayollar va boshqa kasalliklar bilan davolanayotgan ko‘plab ayollarda amalga oshiriladigan usulga aylandi. Avval FP faqat kimyo va nur-terapiyasi oladigan onkologik kasalliklar bilan kasallangan ayollarga tavsiya etilgan bo‘lsa, bugungi kunda ko‘plab boshqa kasalliklar jumladan: gematologik, genetik, metabolik va autoimmun, endometrioz bilan kasallangan ayollarda ham qo‘llanilmoqda. Ba’zi holatlarda homiladorlikni kechiktirish istagi bo‘lgan ayollar uchun ham eng to‘g‘ri yechim bo‘lib qolmoqda.

2. Tuxumdon funksiyasini pasayishi va biologik mexanizmlar Ayolning reproduktiv zahirasi tug‘ilish davridanok belgilangan bo‘ladi. Postnatal davrda yangi tuxum hujayrasi hosil bo‘lmaydi. Yoshi katta bo‘lgan sari organizmda DNK ikki zanjirli uzilishlarini tuzatuvchi BRCA1/ATM tizimi zaiflashib faoliyati sustlashib boradi. Mitoxondriyalar faoliyati kamayadi, telomeraz fermenti sustlashadi va xromosoma birikish (koheziya) funksiyasi buziladi. Bu jarayon tuxum hujayralarining yo‘qolishiga, aneuploidiya sodir bo‘lishiga (xromosoma xatosi) va ayol organizmida tuxumdon zahirasining yetishmovchiligiga olib keladi.

3.Kimyoviy va radio-nur terapiyasi jarayonida sodir bo‘lgan zararlanish Kimyoterapiya: Ayniqsa alkillovchi dori vositalar (masalan, siklofosfamid, busulfan) DNK zararlanishi va tuxum hujayralarining erta muddatlarda kamayishiga va ularning zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Anti-metabolit dorilar esa kimyoviy dorilarga nisbatan kam xavf tug‘diradi. BRCA yoki ATM genidagi nuqsonlar tuxumdonni bu zararga nisbatan sezuvchan qiladi. Radioterapiya: Hatto 1–2 Gy nurlanish dozasida ham primordial follikulalarni zararlaydi. 20 Gy dan ortiq doza yosh ayollarda birlamchi bepushtlikka olib keladi. Bundan tashqari kimyoterapiya olgan ayollarda bachadon fibrozisi va homiladorlik davrida homila rivojlanishidan orqada qolishi, homilaning erta muddatlarda tug‘ilishi kabi asoratlar kuzatilishi mumkin.

4. Kengayib borayotgan ko‘rsatmalar FP endi saraton kasalliklari bilan cheklanib qolmaydi: Saraton kasalliklari – ko‘krak bezi, kichik chanoq a’zolaridagi yomon sifatli o‘smalarda va gematologik kasalliklari aniqlangan ayollarda tuxum hujayra yoki tuxumdon to‘qimasidan olib muzlatish mumkin. Genetik va autoimmun kasalliklar: Terner sindromi, galaktozemiya, SLE va revmatoid artrit tashxisi bilan kasallangan ayollarda tuxumdon zahirasi erta tugaydi. Endometrioz: Operatsiya qilishdan avval tuxum hujayrasini muzlatish tavsiya etiladi, chunki operatsiyadan so‘ng 50 % gacha tuxum hujayralar zahirasi kamayishi kuzatilgan. Ixtiyoriy (ijtimoiy) FP: Tug‘ish yoshini kechiktirishni istagan ayollar uchun 40 yoshgacha tuxum hujayra muzlatish eng samarali usul bo‘lib hisoblanadi.

5.Hozirgi usullar Embriyo muzlatish: Vitrifikatsiya usuli bilan muvaffaqiyatli samara olish darajasi 60 % atrofida. Tuxum hujayrasini muzlatish: Endi tajriba bosqichi emas, standart FP usuli hisoblanib, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarda tug‘ilish ko‘rsatkichi 50 % dan yuqori bo‘ladi. Tuxumdon to‘qimasini muzlatish (OTC) va qayta ko‘chirib o‘tkazish (OTT): Bu usul bilan tabiiy homiladorlik mumkin; 2019-yildan buyon AQSh Reproduktiv Tibbiyot Jamiyati (ASRM) tomonidan “tajriba” toifasidan chiqarilgan. Random-start stimulyatsiya: Tuxumdon stimulyatsiyasini hayz davrining istalgan kunidan boshlash imkonini beradi, bu onkologik bemorlarda davolanishni kechiktirmaslikka yordam beradi.

Gormonga sezuvchi o‘smalarda xavfsiz protokollar: Letrozol yoki tamoksifen dori vositalari qo‘llanilib, estradiol darajasini pasaytirib turish orqali tuxumdonlarni stimulyatsiya qilib yig‘ib olish ancha xavfsiz amalga oshiriladi.

6.Maxsus guruhlar Balog‘atga yetmagan qizlar: Hozircha faqat tuxumdon to‘qimasini muzlatish mumkin; bu usul orqali foydalanganda sog‘lom tug‘ilish ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Transgender shaxslar: Gormon qo‘llashdan oldin yoki turli xil jarrohlik amaliyotidan oldin gamet yoki to‘qima saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.

7.Kelajak istiqbollari Yangi tadqiqotlar in vitro follikula o‘sishi va in vitro gametogenez orqali laboratoriyada tuxum hujayra yaratish imkonini o‘rganmoqda. Shuningdek, gonadoprotektiv dori vositalari (masalan, GnRH analoglari, antioksidantlar) va menopauzani kechiktirish bo‘yicha ham turli xil izlanishlar olib borilmoqda.

Comments are closed