Dunyodagi katta yoshli aholining taxminan 17,5 foizi, ya’ni har olti kishidan biri bepushtlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida ma’lum qilindi.
JSSTning yangi hisobotiga ko‘ra, bepushtlik barcha mamlakatlar va mintaqalarda asosiy sog‘liqni saqlash muammosiga aylangan. U bilan kasallanish yuqori, o‘rta va past daromadli mamlakatlarda bir xil darajada ekani qayd etilgan.
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT) — bu tabii yo‘l bilan homilador bo‘lishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan juftliklarga yordam berishga qaratilgan tibbiy jarayonlar va usullar majmuasi.
Ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) — bu bepushtlikni davolashning eng keng tarqalgan va samarali usuli bo‘lib, bunda ayolning tuxum hujayrasi va erkak urug’ hujayrasi bilan urug‘lantirilishi organizmdan tashqarida amalga oshiriladi.
Ekstrakorporal urug’lantirish (EKU) boshqa reproduktiv texnologiyalardan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
- Urug’lantirish jarayonini to’g’ridan-to’g’ri nazorat qilish. An’anaviy usullarda urug’lantirish ayol organizmida sodir bo’ladi, EKUda esa urug’lantirish laboratoriya sharoitida nazorat qilinadi. Bu tuxum hujayra va spermatozoidning optimal sharoitlarda uchrashishini ta’minlab, muvaffaqiyatli urug’lantirish imkoniyatini oshiradi.
- Tuxumdonlarni stimul. EKU jarayoni odatda tuxumdonlardan ko’proq yetilgan tuxum hujayra olish uchun gormonal stimullashni o’z ichiga oladi. Bu protsedura muvaffaqiyat ehtimolini oshiradi va ko’chirib o’tkazish uchun eng sifatli embrionlarni tanlash imkonini beradi.
- Embrionlarni tanlash. EKUda shifokorlar ko’chirib o’tkazish uchun eng yaxshi sifatli embrionlarni tanlashlari mumkin. Bu muvaffaqiyatli implantatsiya va homiladorlik rivojlanishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
- Genetik diagnostika. Texnologiya embrionlarning genetik tekshiruvini o’tkazish imkonini beradi, bu esa genetik anomaliyalarning aniqlanishi va nasliy kasalliklarning oldini olish imkonini beradi.
- Turli bepushtlik sabablarida yordam. EKU bachadon naychalarining o’tkazuvchanligi buzilishi, endometrioz, past sifatli sperma va idiopatik bepushtlik kabi turli bepushtlik holatlarida samarali yechim taqdim etadi.
Albatta har qanday tibbiy muolajalardan oldin ma’lum tekshiruvlar amalga oshiriladi. O’z navbatida EKU amaliyotini boshlashdan oldin bir qancha tekshiruvlar lozim.
Diagnostika:
- To’liq tekshiruv: Bemorning umumiy holati, reproduktiv tizimi tekshiriladi.
- Analizlar: qon tahlillari, gormonlar, infeksiyalar, qon koagulyatsiyasi va boshqa zarur ko’rsatkichlar o’rganiladi.
- UTT tekshiruvlar: ginekologik a’zolar, sut bezlari va buqoq UTT tekshiruvlari
- Boshqalar: EKG, onkositologik surtmalar.
- Erkakning urug’ sifatini aniqlash uchun spermogramma olinadi.
Bemorlar barcha tekshiruvlarni amalga oshirganlaridan so’ng, natijalarga ko’ra shifokor tomonidan ko’rsatmalar va tavsiyalar beriladi. Shuningdek, EKU amaliyotida samaradorlikni oshirish maqsadida tuxum hujayrani sifatini yaxshilovchi preparatlar tavsiya etiladi.
EKU jarayoni bir nechta bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- Tuxumdonlarning stimulyatsiyasi. Bu jarayon xayz siklining 2 yoki 3-kunidan boshlanadi.
- Gormonal terapiya:
Bir necha tuxum hujayrasining bir vaqtning o’zida rivojlanishini ta’minlash uchun gormonlar ineksiya qilinadi.
- Follikulometriya:
Ultratovush tekshiruvlari orqali tuxum hujayralarining o’sishi nazorat qilinadi.
- Tuxum hujayralarini terib olish (OPU)
- Olish jarayoni:
Tuxumdonlarda yetilgan follikulalardan UTT nazorati ostida, maxsus aspiratsion igna yordamida tuxum hujayralari terib olinadi.
- Og’riqsizlantirish:
Bu jarayon ko’pincha qisqa muddatli narkoz ostida o’tkaziladi va bir necha daqiqa davom etadi.
- Sun’iy urug’lantirish (ICSI)
- Laboratoriya bosqichi:
Olingan tuxum hujayralari sperma bilan laborotoriya sharoitida urug’lantiriladi. IKSI operatsiyalar muntazam ravishda amalga oshiriladi. IKSI ni klassik usuldan farqi mustaqil urug’lanish sodir bo’lmaydi, aksincha urug’ xujayrasi tuxum xujayrasiga maxsus mikroignalar yordamida kiritiladi.
- Kultivatsiya:
Urug’lantirilgan tuxum hujayralari (embrionlar) inkubatorga joylashtirilib, 3-5 kun davomida o’stiriladi.
- Preimplantasyon genetik tashxis (embrion biopsiyasi) ilgari EKO amaliyoti muvaffaqiyatsiz bo’lgan bo’lsa, va/yoki oilada irsiy kasalliklar bor bo’lgan juftliklar uchun ko’rsatma bo’lishi mumkin. Bu holda alohida bir xujayra ajratib olinib genetik laboratoriyaga xromosom tahlil qilish uchun yuboriladi. Agar kerak bo’lsa, lazer-rag’batlantiruvchi xetching va blastosyst embriotransfer qo’llaniladi (homila rivojlanishining 5-kuni) Bu keltirilib o’tilgan EKO texnologiyalari yaxshiroq natijalarga erishish va embrion implantatsiyasini takomillashtirilgan usullari orqali homiladorlik ehtimolini oshirish uchun hissa qo’shadi.
- Embrionlarni bachadonga ko’chirish
- Embrion transferi: Yaxshi rivojlangan 1-2 embrion maxsus kateter yordamida bachadon bo’shlig’iga joylashtiriladi.
Homiladorlikni tasdiqlash
- Qon testlari: Ko’chirishdan keyin 10 kundan keyin qon tahlilida XChG (XORIONIK GONADOTROPIN) darajasini aniqlash orqali homiladorlik tasdiqlanadi.
- Ultrasonografiya: Homiladorlik tasdiqlangandan so’ng ultratovush tekshiruvi o’tkaziladi.
Ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) – bu oddiy tibbiy protsedura emas. Ko‘p juftlar uchun bu uzoq yillik kutishlardan keyin ota-ona bo‘lish uchun so‘nggi imkondir. Ammo muvaffaqiyatli homiladorlikka olib boradigan yo‘l ko‘p jihatdan qaysi klinikani tanlaganingizga bog‘liq. O‘zbekistonda hozirda YRT (yordamchi reproduktiv texnologiyalar) dasturlarini taklif qiluvchi o‘nlab markazlar mavjud, ammo ularning imkoniyatlari darajasi va yondashuv sifati keskin farq qiladi.
Nima uchun EKU klinikasini diqqat bilan tanlash muhim
EKU – bu diagnostika, tayyorgarlik, embriologik laboratoriya ishi, embrionlarni kultivatsiya qilish, ko‘chirish va keyingi homiladorlikni olib borishni o‘z ichiga olgan murakkab jarayon. Har bir bosqich yuqori aniqlik, tajriba va zamonaviy uskunalarni talab qiladi. Har qanday bosqichdagi xatolar muvaffaqiyat imkoniyatini pasaytirishi mumkin.
Bundan tashqari, klinikani tanlash nafaqat natijaga, balki sizning psixologik holatingizga ham ta‘sir qiladi. EKU jarayoni – hissiy jihatdan boy jarayon, shuning uchun siz qo‘llab-quvvatlanish, e‘tibor va shifokorlarga ishonch his qilishingiz muhim.
Comments are closed