Bepushtlik muammosi hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki jinsiy a’zolar kasalliklari kundan-kunga ko’paymoqda. Bepusht oilalarni 100 % deb olsak, ularning 33,3 % iga erkaklar sababchi, 33,3 % iga esa ayollar, qolgan hollarda ikkala jins a’zosi ham sababchi bo’ladi.
Bepushtlikka jinsiy a’zolar yetilmaganligi, ularning funksiyasi buzilishi, kuchli intoksikatsiya, umumiy organizmdagi surunkali kasalliklar hamda psixo-nevrologik kamchiliklar sabab bo’la oladi. Bepushtlik mustaqil kasallik emas, u har doim boshqa biror bir kasallik natijasida kelib chiqadi, ayollarda ko’pincha yallig’lanish kasalliklari sababli bepushtlik kelib chiqadi. Ayollarda bepushtlik – bu butun dunyo bo’ylab ko’plab juftliklar duch keladigan murakkab tibbiy muammo
Agar juftliklar fertil yoshda bo’lib, kontrasepsiya vositalaridan foydalanmagan holda muntazam jinsiy hayot kechirsa va bir yil davomida homiladorlik kuzatilmasa, bepushtlik tashxisi qoyiladi.
Farzandsizlik muammosi juftliklarning ikkisiga ham juda salbiy psixoemotsional ta’sir ko’rsatadi. Agar bemorga «mutlaq bepushtlik» tashxisi qo’yilgan bo’lsa, homiladorlik mumkin emas. Bu jinsiy organlarning anomaliyalari bilan bog’liq . Nisbiy bepushtlikda esa davolanishni o’z vaqtida boshlash va reproduktiv texnologiyalardan foydalangan holda kutilgan homiladorlikka erishish mumkin.
Sabablari
Bepushtlik sabablari ayollar va erkaklar sog’lig’i bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Ayollarda bepushtlikning ko’plab etiologik omillari mavjud. Bundan tashqari, noma’lum tabiiy kasalliklar mavjud. Ayollarda bepushtlikning sabablari :
- Gormonal buzilishlar. Bunday holatda ayolda ovulyatsiya sodir bo’lmaydi. Anovulyatsiya gipotalamus va gipofizning shikastlanishi, tuxumdonlar polikistozlari, neoplaziyalar yoki tuxumdonlarning yallig’lanish kasalliklari, prolaktinning ortiqcha ishlab chiqarilishi, progesteron yetarli bo’lmagan sekretsiyasi natijasida boshlanishi mumkin.
- Bachadonga bog’liq faktorlar. Bunda bachadon nuqsonlari sabab bo’ladi. Tug’ma nuqsonlar– bachadon gipoplaziyasi, ikki shoxli, egarsimon bachadon, bachadon bo’shlig’ida to’siqning mavjudligi kabi anomaliyalar. Orttirilgan nuqsonlar – yaxshi va yomon sifatli o’smalar, chandiqlar, o’tkazilgan operatsiyalarning salbiy oqibatlari.
- Trubno-peritoneal. Bachadon naylari o’tkazuvchanligining buzilishi.
- Endometrioz fonida bepushtlik. Bepushtlikdan aziyat chekayotgan bemorlarning deyarli uchdan birida shifokorlar aynan ushbu tashxisni aniqlaydilar.
- Immun faktorlar Ayol organizmida erkak jinsiy hujayralarga yoki embrionga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilganda yuzaga keladi.
- Noma’lum etiologiyali bepushtlik. Statistikaga ko’ra, bepushtlikning taxminan 15% holatlari noma’lum etiologiyaga ega.
Ayollarda bepushtlik sabablari jinsiy organlarning anatomik va funksional o’zgarishlari, bachadon, tuxumdonlar va tuxumdonlarning yallig’lanish kasalliklari, gormonal buzilishlar, endokrin patologiyalar (qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari funktsiyasining o’zgarishi, tuxumdon o’smalari), bachadon miomalari, endometrioz, abort va tug’ruqdan keyingi bachadon bo’yni jarohatlari, jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar, kichik chanoqdagi infeksiyalarni o’z ichiga oladi. Ushbu holatlarni o’z vaqtida diagnostika qilish va davolash reproduktiv funksiyani tiklashning ilk bosqichlari hisoblanadi.
Simptomlar
Simptomatika bepushtlikni keltirib chiqaruvchi sabablarga bog’liq. Muntazam jinsiy hayot kechirayotgan ayollarda homiladorlik yuz bermasa, quyidagi simptomlarga e’tibor berish lozim:
- qorin bo’shlig’ida o’z-o’zidan og’riq;
- hayz ko’rish tsikli tartibsizligi;
- jinsiy aloqa vaqtida og’riq hissi;
- jinsiy yo’llardan noxush hidli ajralishlar;
- tashqi jinsiy organlarda kuyish va qichishish hissi;
- tana haroratining ko’tarilishi;
- vaznning o’zgarishi (ko’proq oshishi);
- psixologik holatning yomonlashishi (apatia yoki, aksincha, asabiylashish)
Bepushtlikni davolash usullari:
Ovulyatsiya induksiyasi ayolni imkon qadar tezroq homilador qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ovulyatsiyani stimulyatsiya qilish yordamchi reproduktiv tibbiyotning mashhur usuli hisoblanadi , tabiiy ovulyatsiya (anovulatsiya) bo’lmaganda qo’llaniladi. Ovulyatsiya induksiyasi tuxumdonlar yetuk tuxum hujayra hosil qila olmaydigan hollarda buyuriladi.
Bunda shifokor dori-darmonlarni (individual) belgilaydi. Ultratovush tekshiruvi yordamida tuxumdonlar funksiyasi va ularning holatini davriy monitoring qilish amalga oshiriladi. Preparatni qabul qilgandan so’ng, HGCH buyuriladi. Ovulyatsiyadan keyin jinsiy aloqa amalga oshiriladi. ⠀
Bachadon ichi inseminatsiyasi – og’riqsiz va tez muolaja bo’lib, uning davomida bachadon bo’shlig’iga oldindan tayyorlangan turmush o’rtog’ining spermasi yuvilgan holda kiritiladi. Ushbu urug’lantirish usuli XVIII asr oxirida amalga kirib kegan va hozirgi kunda ham, EKU singari zamonoviy texnologiyalarning rivojlanishiga qaramay, faol ishlatiladi.
Inseminatsiyaning asosiy sharti – bachadon naychalarining o’tkazuvchanligidir. Urug’lantirish jarayoni fallopiy naychasining ichida bo’lib o’tadi, keyinchalik urug’langan tuxum hujayra nay orqali bachadan bo’shlig’iga harakat qiladi, bir necha kundan keyin endometriyga implantatsiya bo’ladi.
Inseminatsiyaga ko’rsatmalar:
• Spermogrammada kichik buzilishlar – spermatozoidlarning miqdori yoki ularning harakatchanligini pasayishi
• Bachadon bo’yin omili – spermatozoidlar servikal shillimshig’i tufayli bachadon bo’ynidan o’tolmaydi
• Kelib chiqishi noaniq bepushtlik
• Turmush o’rtog’ining eriktil buzilishi, urug’ chiqarishning qiyinchiliklari
Homiladorlikga tahlil inseminatsiyadan 14 kun o’tgandan keyin siydik orkali xomiladorlik testi o’tkaziladi.
Agar shunday usullar bilan homiladorlikka erisha olmasalar, farzand istagidagi juftliklar maxsus davo choralari olishlari kerak. Shunda ham homiladorlik kuzatilmasa, EKU (bachadondan tashqari urug’lanish) o’tkazish mumkin.
Comments are closed