Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Suniy Uruglantırısh Narxı

Suniy Uruglantırısh Narxı

Sun’iy  urug’lantirish to’lovlari

Sun’iy urug‘lantirish (EKU) – bu bepushtlikni davolashning samarali usuli bo‘lib, farzand ko‘rishni orzu qilayotgan juftliklar uchun umid manbai hisoblanadi.  Ammo  har  doim  ham  kutilgan  natijaga  erishilmaydi.  EKU  samaradorligi  bir  qancha  omillarga  bog’liq.

EKU muvaffaqiyati nimaga bog‘liq?

Quyida EKU jarayonining muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar keltirilgan:

Bepushtlik sababi

Bepushtlik turli sabablarga ko‘ra rivojlanadi va bu omillar EKU muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi.

  • Bachadon naylari bilan bog‘liq muammolar kabi holatlarda EKU muvaffaqiyat ehtimoli yuqori.
  • Genetik yoki endokrin muammolar kabi murakkab sabablarda esa ehtimol nisbatan past bo‘lishi mumkin.

Yoshi

35 yoshdan so‘ng ayollarda urug‘lanishga qodir bo‘lgan tuxum hujayralar sifati va miqdori sezilarli darajada kamayadi. Shuningdek, erkaklarda ham spemogramma ko‘rsatkichlari bu yoshdan keyin pasayishi mumkin.

Tuxumdon zaxirasi

Ba’zan ayollarda tuxumdon zaxirasi 35 yoshgacha ham past bo‘ladi. Bu odatda quyidagi sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:

  • Kichik chanoq a’zolarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari.
  • Nasliy  omillar
  • Yomon odatlar (masalan, chekish).
  • Yallig‘lanish jarayonlari.

Endometriy holati

Embrionlarni bachadon bo‘shlig‘iga ko‘chirishdan oldin uning shilliq qavati (endometriy) holati baholanadi. Muvaffaqiyatli implantatsiya uchun endometriy ma’lum qalinlikka ega bo‘lishi kerak. 

Gormonal muvozanat

Ayol organizmidagi jarayonlarning aksariyati gormonal fon bilan bog‘liq. EKU muvaffaqiyati uchun gormonlar ko‘rsatkichlari normada bo‘lishi muhimdir.

Reproduktolog va embriologning mahorati

Reproduktolog tomonidan to‘g‘ri tanlangan protokol va embriologik bosqichlarning mukammal bajarilishi EKU muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Klinik jihozlari

Zamonaviy laboratoriya uskunalari – inkubatorlar, lazer uskunalari va mikroskoplar – EKU muvaffaqiyat ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

Har bir bemor  uchun  EKU samaradorligi ayolning yoshiga, follikula zahirasi va boshqa bepushtlikka olib keladigan omillarga qarab,  individual shans belgilanadi,  ammo bu  ko’rsatkich 100 foiz emas.   

EKU narhi qancha turadi?

Narx har bir bemor qabul qiladigan davolanishga va ko’rsatiladigan hizmat turiga qarab belgilanadi. 

EKU davolashning narxi davolashning davomiyligi, EKU dasturiga mos keladigan usullar, qo’shimcha xizmatlar va davolash uchun qo’llanadigan markaz kabi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. 

EKU davolashning narxini oshiradigan omillar:

  • EKU uchun  ishlatiladigan  gormonal  preparatlarning  narxi  ayolning  yoshi  va  tuxumdonlardagi  zahiraga  qarab  o’zgarishi  mumkin.
  • Qo’shimcha xizmatlar, masalan, predimplantatsion  genetik  tekshiruv (embrionning genetik tekshiruvi)  davolash narxini oshirishi mumkin.  Genetik  tekshiruvi   ham  o’z  navbatida  turlicha  hajmda  bo’ladi  va  turicha  baholanishi  mumkin.
  • Ba’zan  qo’shimcha   amaliyotlar,  masalan  urug’  chiqmagan  hollarda  TESE, TESA, MESA,  PESA  talab  qilinishi  mumkin.   Ayollarda  ham  ba’zi  holatlarda  amaliyot  talab  qilinishi  mumkin,  bu  davolovchi  shifokoringiz  ko’rsatmasi  bilan  amalga  oshiriladi.

EKU muolajasi  samarasiz  bo’lgan  holatda  sarflangan  harajatlar  qaytarib berilmaydi  yoki  keyingi  urinishda  bepul  EKU  amalga  oshirilmaydi. 

Dunyoning  yetakchi klinikalarida  ham  EKU  samarasi 100%  bo’lib,  sarflangan  harajatlar  to’lab  beriladi  degan  kafolat  bo’yniga  olinmagan.  Biomaterial (sperma, tuxum hujayra, embrion) saqlanadigan reagentlar va yuqori narxda import qilinadigan barcha jihozlarchi chet  el  mamlakatlaridan  maxsus  buyurtma  va  yuqori  narx asosida  keltirilgan.  EKU  klinikasi  barcha  tibbiyot  xodimlari,  laboratoriya  va  tekshiruv  usullari  uchun  harajatlar  ham  bepul  baholanmaydi.  EKU  samaradorligi  nafaqat  tibbiyot  xodimlariga,  balki  bemorning  turmush  tarzi  va  ko’rsatmalarga  amal  qilishiga  bog’liq.

Spirtli ichimliklardan voz keching.

Tadqiqotlarga ko‘ra, haftasiga 4 marta spirtli ichimlik ichish EKU orqali homiladorlik ehtimolini 16% ga kamaytiradi.

Chekishni tashlang.

Chekish bepushtlik xavfini 1,6 barobarga oshiradi. Sigaret tutuni tuxum hujayralar yetilishiga zarar yetkazadi va tuxumdonlarning holatini yomonlashtiradi. Bu esa EKU natijalariga salbiy ta’sir qiladi.

Kofeinni cheklang.

Hozirgacha kofenin homiladorlikka salbiy ta’siri to‘liq isbotlanmagan. Lekin, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kofe va kofeinli mahsulotlar EKU natijalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Kofeni butunlay ichmaslik shart emas, lekin kunlik me’yorni oshirmaslik tavsiya etiladi — 2 stakandan ortiq ichmang.

Vaznni normal holatga keltiring.

Ortiqcha vaznga ega ayollarda bepushtlik uch marta ko‘proq uchraydi. Juda ozg‘in ayollarda bunday qat’iy bog‘liqlik aniqlanmagan, lekin past vazn tuxumdon va endometriy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vazningiz normal chegaradan chiqib ketsa, dietolog bilan maslahatlashing. Bu nafaqat umumiy salomatlik uchun, balki muvaffaqiyatli EKU va homiladorlik uchun ham muhimdir.

Dorilarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilishni to‘xtating.

Kelajakdagi ko‘plab onalar vitaminlar va biokuklar (masalan, xrom qo‘shimchalari) orqali o‘z organizmlarini qo‘llab-quvvatlashni xohlashadi. Biroq, shifokor tavsiyasisiz dorilar yoki qo‘shimchalarni qabul qilish qat’iyan man etiladi. Bu embrionga katta zarar yetkazishi va homiladorlikni to‘xtatishga olib kelishi mumkin.

Tibbiyot markazini ehtiyotkorlik bilan tanlang.

Klinikani tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

  • Shifokorlarning tajribasi va malakasi.
  • Klinikada zamonaviy EKU uskunalarining mavjudligi.
  • Mijozlarning fikrlari va klinikaning obro‘si.
    Klinikaga tashrif buyurib, shifokor bilan shaxsiy maslahatlashish ham foydali bo‘ladi.

Muvaffaqiyatga ishonchni yo‘qotmang!

EKU har doim birinchi urinishdayoq muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin. Bu jarayon ba’zan murakkab bo‘lib, ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Shunga qaramay, EKU orqali farzandli bo‘lgan ayollar juda ko‘p. Davolanish uzoq davom etsa ham, natija bunga arziydi.

Comments are closed