Toshkent Eko Markazlari eng umidsiz juftlarni farzandsizlik muammosini hal qilish uchun bir qator dasturlarni taqdim etuvchi klinikalar hisoblanadi.
Bugungi kunda Toshkent shahrida 30 dan ortiq EKU klinikalar faoliyat yuritmoqda.
EKU tibbiyot markazlarida ayollar va erkaklardagi bepushtlikning sabablarini aniqlab, har bir bemorni davolashga individual yondashuv, mutaxassislarning inoq jamoasi va Toshkentning qulay sharoitlari uchun yuqori malakali tibbiy xizmatlar ko’rsatiladi. Bizning Ankalife klinikamiz haqli ravishda o’rta Osiyoda EKU ni amalga oshiruvchi klinikalar orasida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi va ba’zi amaliyotlarni o’tkazish bo’yicha O’zbekistondagi yagona klinikadir.
Biz doimiy ravishda innovatsion texnologiyalarni joriy etmoqdamiz, bu esa bemorlarga sifatli va samarali davolanish imkonini beradi.
Klinikamizning asosiy tamoyillari – aniqlik bilan tashxis qo’yish va batafsil prognozlash. Ushbu yondashuv ko’pincha sun’iy aralashuvlarga murojaat qilmasdan bepushtlikni davolashga imkon beradi. Barcha tayinlanishlar va qarorlar professor CIHANGIR ÇAKICI va shifokor mutaxassislarimiz konsiliumi tomonidan qabul qilinadi.
Klinikaning asosiy vazifasi erkaklar va ayollarda bepushtlikni davolashdir. Markazimiz mutaxassislari oilalarda ota-ona baxtiga erishish, bepushtlikni davolash va homilador bo’lishga yordam beradi. Homiladorlikning 12-haftasigacha bizning klinikamiz malakali mutaxassislari tomonidan nazoratda bo’lib, kerakli davo muolajalari berilib boriladi.
Markazimizning vazifasi yordamchi reproduktiv texnologiyalar, jumladan ovulyatsiya induksiyasi (IO), bachadon ichi inseminatsiyasi (IUI), shuningdek innovatsion usullardan ekstrakorporal urug’lantirish (IVF) dan foydalangan holda, eng yuqori natijalarni ko’rsatishdir. Boshqa klinikalardan farqli ravishda EKU jarayonida ICSI va zaruriyat bo’lganda PIEZO usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Mutaxassislarimizning ishlash tamoyillari:
► Reproduktiv tizim, homiladorlikni boshqarish va psixologik yordam bilan bog’liq kasalliklarni davolashda har bir mijozga individual yondashish. Biz nafaqat standart IVF protokollaridan, balki terapiya samaradorligini oshiradigan va asoratlar xavfini kamaytiradigan so’nggi yordamchi reproduktiv texnologiya usullaridan ham foydalanamiz.
►Barcha irsiy xususiyatlarni hisobga olgan holda individual xususiyatlarni aniqlash uchun ikkala turmush o’rtog’ining batafsil tekshiruvi. Ushbu yondashuv boladagi mumkin bo’lgan nuqsonlarni oldindan aniqlashga imkon beradi.
►IVFdan keyin homiladorlikning yuqori darajasi, birinchi marta barcha toifadagi bemorlar orasida 50-60% gacha. Klinikamiz bunday yuqori ko’rsatkichlarga erishishida Ankalife EKU markazining barcha zarur jihozlari va laboratoriyalari doimiy ravishda takomillashtirilishi va har bir bemorga individual yondashuvlar sabab bo’lmoqda.
► Shifokorlarimiz tomonidan belgilangan barcha protsedura va xizmatlar Sog’liqni saqlash vazirligining qoidalariga qat’iy amal qiladi.
BIZNING XIZMATLAR
► Genetik tadqiqotlar
► Reproduktologıya
► Homiladorlikni 12-haftagacha nazorat qilish
► UZI
► Ginekologiya
► Andrologiya
Professionalizm va mukammallikka intilish
Markazimiz asoschisi CIHANGIR ÇAKICI Yevropa va Amerika inson reproduktsiyasi assotsiatsiyalarining a’zosi bo’lib, butun dunyodagi yetakchi mutaxassislar tomonidan bepushtlik davolash bo’yicha o’z ishining yetuk mutaxasisi sifatida tan olingan, shuningdek, xalqaro miqyosidagi konferentsiyalar va forumlarda ishtirok etadilar.
Klinikada tibbiyotning turli sohalari bo’yicha mutaxassislar ishlaydi: akusher-ginekologlar, reproduktologlar, embriologlar, urologlar-androloglar, shuningdek Turkiyaning professor genetiklari bilan birgalikda onlayn konsultasiyalar bizning mutaxassislar bilan birgaikda konsilium ko’rinishida amalga oshiriladi.
Yuqori texnologiyalar
Klinikada embriologiya bo’limiga alohida joy ajratilgan bo’lib, uning asosiy afzalliklaridan biri o’zining so’nggi jahon yutuqlariga mos ravishda jihozlangan o’z embriologik tadqiqotlar laboratoriyasidir. Biz embrionlarni saqlash va kuzatish uchun eng maqbul shart-sharoitlarni yaratadigan inkubatorlardan, lazer yordamida Hatching (Laser assisted Hatching), Evropa ishlab chiqaruvchilarining o’sib boruvchi vositalaridan va krioprezervatsiya uchun maxsus tizimlardan foydalanamiz.
Tashxis
Diagnostika laboratoriyamizning barcha jihozlari reproduktiv va urogenital tizimdagi erkak va ayol kasalliklarini aniqroq o’rganish imkonini beradi. Professional ultratovush uskunalari mutaxassisga aniq va batafsil tasvirlarni olish imkoniyatini beradi.
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
Biz barcha maxfiylik qoidalariga rioya qilamiz va siz haqingizda barcha ma’lumotlar (kasallik tarixi, diagnostika va davolash natijalari, davolash usullari va boshqalar) qat’iy maxfiydir.
Comments are closed