Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Ayollar Klinikasi

Ayollar klinikasi bu ayollar salomatligi bilan bog‘liq muolajalar, maslahatlar va davolash ishlari olib boriladigan tibbiy muassasadir.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) salomatlikni „nafaqat kasallik yoki nogironlikning yoʻqligi emas, balki toʻliq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati“ deb taʼriflaydi.  Bu tushuncha „ayollar salomatligi“ sifatida yaxshiroq va kengroq ifodalanishi kerak degan fikrlar ilgari suriladi.

Ayollarning sogʻligʻi va kasalliklari erkaklarnikidan oʻziga xos biologik, ijtimoiy va xulq-atvor sharoitlari tufayli farqlanadi. Biologik farqlar fenotipdan hujayragacha oʻzgarib turadi va kasallik rivojlanishi uchun noyob xavflarni koʻrsatadi.

Koʻpgina ayollar salomatligi masalalari ularning reproduktiv salomatligi, jumladan, ona va bola salomatligi, reproduktiv va sut  bezi  bilan  bog’liq  muammolar, endokrin-gormonal  buzilishlar, jumladan hayz koʻrish, tugʻilish jarayonini nazorat qilish va menopauza bilan bogʻliq bo’lgan  o’zgarishlar  va  ayollar salomatligining barcha jihatlarini  o’z  ichiga  oladi.

Ayollarning umr koʻrish davomiyligi erkaklarnikiga qaraganda yuqori va ular irqi va geografik mintaqasidan qatʼi nazar, umr boʻyi oʻlim darajasi pastroq. Tarixiy jihatdan ayollarda, asosan, onalar o‘limidan (tug‘ruq vaqtidagi o‘lim) o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan.

Tuxumdonlarda gormonlar (progesteron va estrogen) ishlab chiqariladi. Ushbu biologik moddalarning to‘liq menstrual sikl va keyingi homiladorlik uchun zarur. Erkak va ayol jinsiy hujayralari bachadon naylarida uchrashadi. Urug‘langan tuxum hujayra endometriyga (bachadonning shilliq qavati) o‘rnashib, rivojlanishda davom etadi.

Bosqichlar

Implantatsiya

Urug‘langan embrion tuxum yo‘lidagi bachadonga harakat qiladi.  Xayz  siklining 20-kunida embrion endometriyga joylashadi va homilaga aylanadi. Sariq tanacha progesteron ishlab chiqaradi, bu bachadonning ichki yuzasini himoya qiladi va homiladorlikning davomiyligini ta’minlaydi.

Follikulyar faza

Ushbu muhim fiziologik fazada miya gipotalamusi va gipofizi follikulni o‘stiradigan FSH (follikul stimullovchi gormon) ishlab chiqaradi. Follikul tuxumdon ichida joylashgan suyuqlikka to‘la rezervuarga o‘xshaydi va u ootsitni yetishtiradi. Follikul estrogen ishlab chiqaradi.

Ovulyatsiya fazasi

Ushbu davr gipofiz tomonidan LH (lyuteinlovchi gormon) ishlab chiqarilishi eng yuqori darajaga yetganda boshlanadi. Ushbu gormon follikul yorilib, tuxum hujayra bachadon  nayiga tushishini ta’minlaydi. Ayol reproduktiv tizimi har oyda 1 ta tuxum hujayra  yetilib chiqadi. Ushbu jarayon ovulyatsiya deb ataladi.

Urug‘lanish

Agar juftlik o‘rtasida jinsiy aloqa sodir bo‘lsa, erkak jinsiy hujayralari (sperma) ayolning bachadoni tomon harakatlanadi va tuxum yo‘lida tuxum  hujayra bilan uchrashadi.  Odatda, bu jarayon ovulyatsiyadan keyingi 24 soat ichida sodir bo‘ladi.

Agar urug‘lanish sodir bo‘lmasa, tuxum hujayra bachadondan chiqariladi. Sariq tanacha taxminan siklning 26-kunida o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Endometriy (bachadonning shilliq qavati) ajralib chiqadi va navbatdagi tsikl davomida hayz qonlari bilan tashqariga chiqariladi.

Lyutein fazasi

Tuxum hujayra chiqqandan so‘ng follikul «sariq tanacha» deb nomlanuvchi bezga aylanadi. Bu bez endometriyni urug‘langan tuxum  hujayrani qabul qilishga tayyorlaydigan progesteronni ishlab chiqaradi.

Odatda, barcha e’tibor ayolga qaratiladi va uning turmush o‘rtog‘i e’tiborsiz qoladi. Ammo ayollarga barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga olish shart emas, chunki aniq tashxis qo‘yish uchun har ikkala sherikning organizmini o‘rganish zarur.

Ayollar reproduktiv tizim faoliyatini diagnostika qilish va o‘rganish

  • Kichik tos a’zolarining ultratovush tekshiruvi:  bachadon va tuxumdonlar salomatligini har tomonlama o‘rganish uchun o‘tkaziladi.
    • Gormon spektrini tadqiq qilish
    • Naylarning o‘tkazuvchanligini tekshirish – gisterosalpingografiya yordamida.
    • Diagnostik laparoskopiya

O‘zbekistonda reproduktologiya faol rivojlanmoqda, ammo xizmatlarning sifati va ularning mavjudligi bir xil emas.  Ankalife  EKU  markazimiz Turkiyadan tajriba va innovatsiyalarni olib kelib, oila sog‘lig‘ini yaxshilash uchun dunyo darajasidagi tibbiy xizmatlarni taqdim etishga intiladi.

Bizning asosiy yo‘nalishlarimiz va xizmatlarimiz

  1. Bepushtlikni diagnostika qilish va davolash:
    1. Reproduktologlar: Bepushtlikni davolash bo‘yicha mutaxassislar.
    1. Ginekologlar: Ginekologik kasalliklarni davolash va homiladorlikni kuzatish.
    1. Urologlar va androloglar: Erkaklar bepushtligini va urologik kasalliklarni davolash.
    1. Boshqalar.
  2. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YRT): 
    1. EKU (Ekstrakorporal urug‘lantirish): Bu bepushtlikni davolashning asosiy usuli bo‘lib, tuxumdonni tashqi sharoitda urug‘lantirish va keyin embrionni bachadonga ko‘chirishni o‘z ichiga oladi.
    1. ICSI  (Intrasitoplazmatik spermatozoid in’ektsiyasi): Bu usul erkaklar bepushtligi holatida ishlatiladi, bunda bitta spermatozoid tuxumdon ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi.
    1. Preimplantatsion genetik diagnostika (PGD): Embrionlarni bachadonga ko‘chirishdan oldin genetik anomaliyalarni aniqlash uchun genetik tahlil.
  1. Ultratovush diagnostikasi: Eng zamonaviy uskunalar va yangi texnologiyalardan foydalanib, to‘liq spektrdagi ultratovush tadqiqotlari.
  2. Biomateriallarni saqlash: Reproduktiv materiallarni muzlatish va saqlash xizmatlari:
    1. Embrionlarni kriokonservatsiyasi
    1. Tuxumdon va spermatozoidlarni kriokonservatsiyasi: Bemorlar uchun reproduktiv materialni kelajakda foydalanish uchun saqlash imkoniyatini beradi.
  3. Laboratoriya diagnostikasi

Maqsadimiz

Bizning  klinikamizda jamoaviy yondashuv,  ya’ni  har bir mutaxassis – ginekologdan embriologgacha – muhim rol o‘ynaydi.  Asosiy  maqsadimiz– sizga ota-ona bo‘lishda yordam berish va davolashning har bir bosqichida sizning salomatligingizni qo‘llab-quvvatlash,  eng yaxshi jahon amaliyotlari va eng yangi texnologiyalarga tayangan holda   bepushtlikni davolash bo‘yicha yetakchi markazga aylanish. 

Bizning asosiy afzalliklarimiz

  • Yuqori malakali xodimlar
  • Zamonaviy uskunalar
  • Individual yondashuv
  • Davolashga kompleks yondashuv
  • Xalqaro e’tirof va hamkorlik
  • Ochiqlik va mavjudlik

Comments are closed