EKU degani oddiy qilib aytganda sun’iy urug’lantirishdir. Bu usul 1978 yildan beri dunyoda samarali qo’llanib kelib, minglar bepusht oilalarga farzand baxtini ulashib kelmoqda. EKO ruscha “ekstrakorporalnoye oplodotvoreniye” atamasining qisqartmasi. Uning ma’nosi shundaki, urug’lanish ayol organizmida emas, balki tashqi muhitda sun’iy ravishda amalga oshirilib, hosil bo’lgan embrion esa bir necha kundan so’ng ayol bachadoniga sun’iy kiritiladi. Buning uchun ayol tuxumdoni kuchli stimulyatsiya qilinadi. Natijada tuxum hujayralariga ega bir necha follikula yetilib chiqadi. Shifokor tuxumdonini tashqaridan maxsus igna orqali punksiya qilib yetilgan tuxum hujayralarini terib oladi. Bu tuxum hujayralari erkak spermatozoidlari bilan maxsus probirkada urug’lantiriladi. Agar erkak spermatozoidlarining sifati past bo’lsa, IKSI uslubi yordamida spermatozoidning urug’lantirish qobiliyatiga ega bo’lgani ajratilib olinadi. Probirkada urug’langan tuxum hujayrasi bir necha kun davomida bo’linish natijasida embrionga aylanadi. Shundan so’ng embrion ayol bachadoniga maxsus yo’l bilan kiritiladi va embrion o’z rivojlanishini bachadonda oddiy homiladorlik singari davom etadi. Sun’iy urug’lantirish bepushtlikning qaysi holatlarida qo’l kelishi mumkin?
1. Ayolning ikkala bachadon yo’llarining yo’qligi yoki ularning o’tkazuvchanligi juda pastligi;
2. Erkak bepushtligi (spermatozoidlarning sifatsizligi);
3. Bepushtlikni davolashning boshqa yo’llari 5 yildan ortiq samarasiz bo’lganligi;
4. Bepushtlikning sababi noaniq ekanligi.
Sun’iy urug’lantirishning natijasi qanday omillarga bog’liq?
Suniy urug’lantirishdan homilador bo’lish imkoniyati yaxshi, lekin bunday homiladorlikni saqlab qolish ko’p faktorlarga bog’liq:
- er-xotinning umumiy salomatligi;
- er-xotin yoshi (qanchalik yosh bo’lsa, shunchalik homiladorlik saqlanish ehtimoli katta);
- sun’iy yetilgan embrionning sifati;
- to’g’ri belgilangan va amalga oshirilgan muolaja va boshqa faktorlar.
Bir marta sun’iy urug’lantirish natijasida homiladorlik yuz bermagani hech narsani bildirmaydi. Xuddi oddiy homiladorlik singari sun’iy homiladorlik urunishlari ham bir necha bor takrorlanib bola tug’ilish ehtimoli bor.
EKU – to‘g‘ri chiziqli jarayon emas, balki individual tarix.
EKU ko‘pincha ilmiy jarayon bilan taqqoslanadi, ammo har bir protokol ortida o‘z his-tuyg‘ulari, tanasi va orzulari bo‘lgan inson turadi. Muvaffaqiyat nafaqat texnologiyalarga, balki tanangiz va psixikangiz bu sinovga qanchalik tayyorligiga ham bog‘liq. Ba’zan mukammal analiz natijalari ham natija bermaydi, ba’zan esa umidsiz ko‘ringan holatlar kutilmagan ravishda kutilgan homiladorlik bilan yakunlanadi.
Eng muhim jihatlardan biri – hatto eng puxta tayyorgarlik bilan ham barcha omillarni oldindan bashorat qilib bo‘lmasligi. Masalan, embrion sifati ideal bo‘lishi mumkin, ammo uning implantatsiyasi mikroskopik omillarga bog‘liq: endometriy holati, bachadon qon aylanishi, embriotransfer kuni gormonal balans. Ushbu jihatlarni to‘liq nazorat qilib bo‘lmaydi, lekin ularni tahlil qilish va to‘g‘rilash mumkin.
Bu jarayonda umumiy javoblar yo‘q, lekin o‘zingizni yaxshiroq tushunish imkoniyati mavjud. Masalan, ikki xil odam bir xil davolash sxemasiga butunlay qarama-qarshi reaksiya berishi mumkin. Shu sababli shifokor bilan doimiy muloqot juda muhimdir: o‘z qo‘rquvlaringiz haqida gapiring, savollar bering, hatto ular sizga ahamiyatsizdek tuyulsa ham. Sizning jarayonga faol jalb etilishingiz – vaziyatga ta’sir qilish sari tashlangan muhim qadamlardan biridir.
Sun’iy urug’lantirish muolajasi o’rtacha necha pul turadi?
Sun’iy urug’lantirish muolajasining narxi har xil mamlakatda turlichadir. Statistik ma’lumotlarga qaraganda o’rtacha 5000 AQSH dollaridan 10000 AQSH dollarigacha tashkil qiladi. Undan tashqari samolyot, yashash va dori-darmon xarajatlarini ham inobatga olish lozim.
Samarasiz bo’lgan EKU natijalarida muolaja uchun sarflangan barcha harajatlar qaytarib berilmaydi.
Agar juftlik bir yil davomida homilador bo‘lishga muvaffaq bo‘lmasa, vaqtni boy bermaslik juda muhim. Ayol sog‘lig‘idagi ko‘plab holatlar homiladorlikning yuzaga kelmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar muammo aniqlanmasa, vaqt o‘tishi bilan homiladorlik ehtimoli 10-15% gacha kamayadi.
Agar sizda farzandsizlik bilan bog’liq muammolar bo’lsa, Ankalife klinikasi mutaxassislariga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Reproduktolog shifokor bilan maslahatlashish, kerakli tahlillarni topshirish va bepushtlik sabablarini aniqlash homiladorlik imkoniyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Faqat muammolar bartaraf etilgandan so‘ng siz uzoq kutilgan baxtga erishishingiz mumkin.
Comments are closed