EKU (ekstrakorporal urug’lantirish) – bu sun’iy urug’lantirish tibbiyot mutaxassislari tomonidan qo’llaniladigan muolaja bo’lib, tabiiy ravishda xomilador bo’lishda qiyinchiliklarga duch kelgan juftliklarga yordam berishga qaratilgan.
Sun’iy urug’lantirish – ayolning ovulyatsiya davrida o’sib yetilgan tuxum xujayralarni turmush o’rtog’ining urug’ hujayrasi bilan qo’shilishi natijasida tibbiy aralashuv bilan amalga oshiriladigan reproduktiv usul.
Ayol, albatta, to’liq diagnostik tadqiqotlar kompleksidan o’tadi:
- terapevt, ginekolog va zarur bo’lsa, boshqa mutaxassislar ko’rigidan o’tish;
- rentgen tekshiruvi;
- kichik chanoq va sut bezlari ultratovush tekshiruvi;
- qon tahlillari – umumiy, biokimyoviy, qon guruhini va rezus-faktorni aniqlash uchun tahlil, infektsion kasalliklarni istisno qilish uchun qon tahlili, qalqonsimon bez gormonlari va jinsiy gormonlar konsentratsiyasini aniqlash;
- onkotsitologiya uchun surtma;
- mikroflorani tekshirish va jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalarni aniqlash uchun surtma;
- elektrokardiogramma.
EKU jarayonining bosqichlari
Birinchi bosqichda -ayolning xayzining 2 yoki 3 kunidan follekullarini yetiltirish uchun muhim bo’lgan FSG (follikula stimulovchi gormon), LG (lyuteinlovchi gormon) va ikkalasini kombinatsiyasini o’z ichiga olgan preparatlar qo’llaniladi.
Xar bir ayolni yoshini folekulalar sonini inobatga olgan holda follikulalarni yetishtirish maqsadida protokollar asosida dorilarning dozasi individual sxemasi bo’yicha olib boriladi. Bu jarayon taxminan 12 kun davom etadi. Ularning yetilishini kuzatish uchun 2-3 kunlik interval bilan qin orqali ultratovush tekshiruvi asosida olib boriladi.
Ikkinchi bosqichda- yetilgan follikulalardan 10 daqiqali narkoz ostida vaginal datchik bilan qin orqali kirib, maxsus aspiratsion igna yordamida follikulyar suyuqlik va tuxum hujayralar terib olinadi.
Uchinchi bosqichda – erkakning sperma namunasi olinib, ayolning follikulalaridan chiqqan tuxum xujayra labaratoriya muhitida IKSI usulida urug’lantiriladi.
To’rtinchi bosqich – juftliklardan hosil bo’lgan embrion ayolning bachadon endometriy qavatiga joylashtiriladi. Embrionning sifatiga qarab endometriyni oldindan tayyorlab embrion transfer qilish (ya’ni bachadon bo’shlig’iga qo’yish) kuni belgilanadi. Ultratovush nazorati ostida bachadonga o’tkazish uchun maxsus kateterdan foydalaniladi. O’tkazilgan muolajalardan so’ng ayolga suxbat o’tkazilib 10 kundan keyin XGCh gormoni topshirilishi to’g’risida ma’lumot beriladi.
Bu 10 kun ichida shifokor ko’rsatmasidan tashqari hech qanday dori-darmonlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. HGCh natijasi chiqmaguncha jinsiy aloqada bo’lish, og’ir mehnat qilish, sport bilan shug’ullanish, chekish va spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin emas. Bachadon bo’shlig’iga qo’yilgan embrionlardan tashqari yana embrionlar bo’lsa, ularning sifati va morfologik xususiyatiga ko’ra ularni muzlatish va kelajakda yana homiladorlik imkoniyati uchun foydalanish mumkin.
HGCh gormoni ijobiy natijasi olinganidan so’ng, taxminan 10 kundan keyin homiladorlik qopini holatini ko’rish uchun ultratovush tekshiruvi o’tkaziladi.
EKO muolajasi uchun ko’rsatmalar:
- Bachadon naychalarining shikastlanishi va berkilib qolishi
- Ovulyatsiyaning buzilishi
- Tuxumdonlardagi zahiraning kamligi
- Bachadon endometriozi va miomalar mavjudligi
- Azospermiya
- Spermatozoidlar o’rtacha sonining pastligi
- Spermatozoidlar zaif harakati va shaklidagi anomaliyalari
- Sababi noma’lum bepushtlik
- Oilada genetik kasalligi mavjud juftliklar
EKO bolajonlar haqida beriladigan eng ko’p savollar
EKU yordamida tug’ilgan bola tabiiy yo’l bilan tug’ilgan bolalardan hech qanday farq qilmaydi, chunki jarayonda sizning jinsiy hujayralaringiz ishlatiladi. EKU orqali tug’ilgan bolalar rivojlanishda yoki boshqa jihatdan hech qanday cheklovlarga ega bo’lmaydi.
EKU jarayonida bolalar aralashib ketishi mumkin degan qo’rquv ham asossizdir. Barcha biologik material jarayonning har bir bosqichida tekshiriladi. hujayralarni olish, o’stirish, ko’chirish va krios saqlash vaqtida nazoratdan o’tadi. Bu esa xatolik ehtimolini butunlay istisno qiladi.
Agar EKUdan keyin homiladorlik bo’lmasa, nima qilish kerak?
EKU ning muvaffaqiyati yuqori bo’lishiga qaramay, birinchi urinishdan homiladorlikning ehtimoli 40-50% ni tashkil etadi. Har bir oila bu muvaffaqiyatli guruhga kirishni orzu qiladi va shifokorlarimiz bu maqsadni amalga oshirish uchun qo’lidan kelgan barcha choralarni ko’radilar. Biroq, ba’zan kutilgan natijaga erishish uchun 2-3 EKU siklini o’tkazish kerak bo’ladi. Ankalife mutaxassislari bepushtlikni vaqtinchalik muammo sifatida qabul qilishni va uni hal qilish uchun vaqt talab qilinishini tavsiya etadilar.
EKU uzoq davom etadigan davolash jarayoni bo’lib, bir martalik muolaja emas. Farzand istagidagi juftliklar shifokor bilan doimiy muloqotda bo’lishi, ochiq suhbatda bo’lishlari va barcha tavsiyalarga rioya qilishlari muhimdir. Shifokorlarimiz faqat bepushtlikni davolashga va natija ehtimolini oshirishga bevosita ta’sir ko’rsatadigan zarur tahlillar va davolash muolajalarini tayinlaydilar.
EKU siklidan keyin homiladorlik bo’lmasa, bu juftlik uchun emotsional jihatdan qiyin bo’lishi mumkin. Homiladorlikning kechikishi yoki bo’lmaganida o’zingizni yoki turmush o’rtog’ingizni ayblamang, chunki bu har qanday juftlikda sodir bo’lishi mumkin. Psixologik tayyorgarlik va ijobiy natijaga intilish juda muhim, hatto oldingi urinishlar muvaffaqiyatli bo’lmasa ham. Jarayon muvaffaqiyatiga ta’sir ko’rsatadigan ko’plab omillar mavjud. Agar EKU jarayonida muvaffaqiyatsiz natija kuzatilsa, juftliklar quyidagi bosqichlarni amalga oshirishlari lozim:
- Shifokor bilan maslahatlashish. Reproduktolog bilan maslahatlashish, muvaffaqiyatsizlik sabablarini va amalga oshrilgan EKU jarayonining tafsilotlarini muhokama qilish. Mutaxassis jarayonni tahlil qilish va mumkin bo’lgan muammolarni aniqlashda yordam beradi.
- Qo’shimcha tahlillar va testlar. Qo’shimcha diagnostik testlarni o’tkazish kerak bo’lishi mumkin, endokrin, immunologik, genetik yoki anatomik omillarni baholash.
- Davolash rejasini o’zgartirish. Tahlil natijalariga qarab, shifokor davolash protokolida o’zgartirishlar tavsiya qilishi mumkin, masalan, dori dozasini o’zgartirish, stimullash sxemasini o’zgartirish.
- Muqobil variantlarni muhokama qilish. Agar takroriy EKU sikli maqsadga muvofiq bo’lmasa, shifokor muqobil variantlarni taklif qilishi mumkin, masalan, tuxumdon yoki sperma donorligi, surrogat onalik (Ankalife Bishkek filiali) yoki asrab olish.
- Psixologik yordam. Mutaxassislarimiz davolash jarayonining har bir bosqichida sizni qo’llab-quvvatlashga intiladi, his-tuyg’ularingizni tushunishga harakat qiladilar va qiyinchiliklarni yengib o’tishga yordam beradi. Mutaxassislarimiz tomonidan berilgan tavsiyalar emotsional yukni yengishga yordam beradi va ota-onalik yo’lini davom ettirish uchun kuch beradi.
- Takroriy sikl imkoniyati. Takroriy EKU siklini o’tkazishga tayyor bo’lgan juftliklar shifokor bilan yangi siklni rejalashtirishni muhokama qilishlari mumkin. Bu qarorni qabul qilishda moliyaviy va emotsional jihatlarni hisobga olish muhimdir.
- Sog’lom turmush tarzi. Sog’lom turmush tarziga rioya qilish, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish kelajakda muvaffaqiyatli homiladorlik imkoniyatlarini oshirishi mumkin.
EKO markazlarida qanday xizmatlar ko’rsatiladi?
Yordamchi reproduktiv texnologiya sifatida taqdim etiladigan xizmatlar:
- ICSI
- Laser-Hetching
- Sperma, oosit (tuxum hujayra) va embrionlarni muzlatish
- Micro-TESE (mikrojarrohlik yordamida moyakdan urug’ hujayra olish)
- PGD (preimplantatsion genetik tekshiruv)
- Pooling (embrionlarni to’plash)
- IUI (bachadon ichi inseminatsiyasi)
- IO (ovulyatsiya induksiyasi)
Comments are closed