Ankalife EKU va Ayollar Salomatlik Markazi 2019 yili Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog ,tibbiyot fanlari doktori Jihangir Chakici tashabbusi va muassisligida tashkil etildi.
SITSI – (spermatazoidni intratsitoplazmatik in’eksiyasi) (ICSI) oldindan saralab olingan tirik spermatozoidlarni mikroskop ostida tuxum hujayraga maxsus mikrojarrohlik asboblari yordamida kiritish usuli. EKUda SITSI muolajasi, qachonki EKU sikllarida urug‘lantirishning ikki yoki undan ko‘p omadsiz urinishlarida, spermada spermatozoidlar miqdori va harakatchanligi pasaygan vaqtlarda qo‘llaniladi. Ushbu usul orqali erkaklar bepushtligining murakkab va hatto davolanmaydigan shakllarida, 1-2 ta spermatozoidlar aniqlanganda ham homiladorlik vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda tirik spermatozoidlar urug‘dondan chiqarib olinadi, so‘ngra SITSI yordamida urug‘lantirish o‘tkaziladi.
Bachadon ichi inseminatsiyasi
Inseminatsiya ayolning bachadoniga oldindan olingan namunadan saralangan spermatozoidlarni maxsus kateter yordamida yuborish hisoblanadi.
Muolaja o‘tacha 5 – 10 daqiqa davom etadi. Muolaja tugagandan keyin ayol patsiyent yotgan (gorizontal) holatda 15-20 daqiqa qolishi kerak.